Pekin Savdo vazirligi bergan bayonotiga koʻra Xitoy galliy, germaniy va surma kabi yarim oʻtkazgichlar doxil zamonaviy texnologiyalar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan metallarning AQShga eksport qilinishiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatdi.
Bu cheklovlar harbiy va harbiy boʻlmagan ikki maqsadli mahsulotlarning eksportini man etdi.
Pekin savdo vazirligi yakshanba kuni (09.11.2025) bergan bayonotida, oʻtgan 2024 - yilning dekabrida joriy etilgan taqiq 2026 - yilning 27 - noyabriga qadar toʻxtatilganini ma’lum qildi.
Bu e’lon, Si Szinpin bilan Donald Trampning 30 - oktabrda Janubiy Koreyada uchrashuv oʻtkazishi va unda Xitoy bilan AQShning bir - biriga nisbatan yoʻlga qoʻygan jazolovchi tusdagi choralardan ortga chekinishga kelishib olishi ortidan qayd etildi.
Xitoy juma kuni 9 - oktabrda kiritilgan boshqa eksport nazoratlarini, jumladan ayrim kam uchraydigan yer elementlari va litiy batareyalar materiallariga nisbatan kengaytirilgan cheklovlarni ham to‘xtatganini e’lon qildi.
Bir davrlarda har ikki tomonning ham boj toʻlovlari uch xonali darajaga yetib, dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti o‘rtasidagi savdoni murakkablashtirgandi. Kamiga global ta’minot zanjirlarinibg buzilishiga yoʻl ochgan.
Savdo urushi davomida Xitoy smartfondan tortib ilg‘or harbiy texnologiyalargacha bo‘lgan hamma narsani ta’minlovchi muhim mineralarga nisbatan o‘zining qattiq nazoratidan foydalangan.













