DUNYO
3 daqiqa o'qish
Pezeshkiyan urushni to‘xtatish shartlariga e'tibor qaratdi
Tehron qisqacha AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi boshlatgan urushini to‘xtatish shartlariga e’tibor qaratdi.
Pezeshkiyan urushni to‘xtatish shartlariga e'tibor qaratdi
_
2 соат олдин

Mesud Pezeshkiyan Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Isroil tomonidan Eronga qarshi davom etayotgan hujumlarni to‘xtatishning yagona yo‘li Tehronning qonuniy huquqlarini tan olish va kelajakdagi bosqinlarga qarshi qatʼiy xalqaro kafolatlar berish ekanini qayd etdi.

Eron Prezidenti kecha (11.03.2026) «X» ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postida, Rossiya va Pokiston rahbarlari bilan uchrashganini ma’lum qildi.

Unda: «Men Eronning mintaqada tinchlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqlayapman. Sionist rejimi va AQSh tomonidan boshlangan bu urushni yakunlashning yagona yoʻli — Eronning qonuniy huquqlarini tan olish, zararni qoplash toʻlovlari va kelajakdagi bosqinlarga qarshi qatʼiy xalqaro kafolatlarni berishdir», - dedi.

Mintaqaviy keskinlik 28 - fevraldan beri Isroil va AQShning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari orqali avj oldi. Eron rasmiylariga koʻra voqeada hozirgacha 1 ming 300 nafardan ortiq inson halok boʻldi. Ular orasida Eronning o‘sha paytdagi diniy lideri Ali Hamaney ham bor edi. Halok bo‘lganlardan tashqari 10 ming nafardan ortiq inson jarohatlandi.

Tehron AQSh bilan Isroil hujumlariga qattiq javob qaytardi. Shu doirada Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy salohiyatiga ega Fors koʻrfazi mamlakatlarini nishonga oldi.

Shuningdek, u dunyo bozorlariga odatda neftning deyarli 20 foizi oʻtadigan muhim Ho‘rmuz boʻgʻozini amalda yopib qoʻydi.

AQSh bazalariga yetkazilgan ziyon

New York Times tahliliga koʻra Eronning insonsiz havo transporti va raketa zarbalari natijasida Yaqin Sharqda kamida 17 ta AQSh harbiy, diplomatik va havo mudofaa obyektlari ziyon koʻrdi.

Ularning kamida 11 tasi harbiy baza yoki inshoot hisoblanadi. Bu mintaqadagi barcha amerika inshootlarining deyarli yarmini tashkil etadi.

Havo mudofaa tizimlari eng qimmatga tushgan yoʻqotishlardan biri bo‘ldi. Sun'iy yoʻldosh tasvirlari Qatardagi Umm Dahal shahri yaqinida joylashgan va 4 ming 800 kilometr (3,000 milya) radiusni o‘z ichiga olishni moʻljallagan 1,1 milliard dollarlik erta ogohlantirish radariga ziyon yetganidan xabar berdi.

Tahlilga koʻra Eron THAAD komponentlariga ham ziyon berdi.

New York Times gazetasi kongress vakillaridan birining bayonotiga tayangan holda bergan ma’lumotida, Pentagon 28 - fevral kuni Bahrayndagi AQSh dengiz kuchlari Beshinchi floti shtabiga yetkazilgan ziyon taxminan 200 million dollar atrofida ekanini qayd etdi.

Eron shuningdek AQSh diplomatik inshootlarini ham nishonga oldi. Bu Dubaydagi konsullik hamda Quvayt shahri bilan Riyoddagi elchixonalarning vaqtincha yopilishiga sabab boʻldi. Ushbu zarbalarda hech qanday shaxsiy jarohat haqida xabar berilmadi.

AQSh rasmiylari New York Times nashriga bergan intervyusida, bu zarbalar, Eronning urushga Tramp ma'muriyatidagi koʻpchilikning taxmin qilganidan ham yaxshiroq tayyorlanganidan dalolat berganini ifoda etdi.

Holdan toydirish urushi

Eron Inqilobiy gvardiyasi urushning 12 - kunida AQSh va Isroil manfaatlari bilan bogʻliq deb hisoblangan iqtisodiy markazlar va banklarni nishonga olishni vaʼda qildi. Bu esa koʻproq xalqaro kompaniyalarni Dubaydan xodimlarini evakuatsiya qilishiga majbur qildi.

Inqilobiy gvardiyaning bosh qoʻmondoni maslahatchisi Ali Fadaviy, davlat televideniyasiga bergan intervyusida AQSh bilan Isroil uzoq muddatli holdan toydirish urushida ishtirok etishi mumkinligi, bu holatning butun Amerika va hatto butun dunyo iqtisodiyotini vayron qilish ehtimoli inobatga olinishi kerakligini qayd etdi.

Eron dengiz floti ogohlantirishlarini nazar pisand qilmay Ho‘rmuz boʻgʻoziga kirgani uchun Fors koʻrfazida joylashgan ikki kemaga zarba berganini ma’lum qildi.

Eronning Oliy darajali harbiy maslahatchisi general - mayor Yahya Rahim Safaviy ham Eronning Isroilni yoʻq qilish borasidagi uzoq muddatli tahdidlarini takrorladi.