Donald Tramp, Eron hukumati shaxsiga qarshi suiqasd uyushtirgudek bo’lsa yoki bunday voqeaga tashabbus qilgudek bo’lsa unda AQSh armiyasi Eronga zarba berishga tayyor ekanini qayd etdi.
Tramp Truth Social platformasida qoldirgan postida shunday dedi:
“1000 ta raketa Eron Islom Respublikasiga qaratilgan va uchirishga tayyor holatda turibdi. Agar Eron hukumati dunyoning turli joylarida bir necha bor aytganidek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining amaldagi prezidenti — ya’ni meni — o‘ldirish yoki menga suiqasd uyushtirish tahdidini amalga oshirsa, yana minglab raketalar uchiriladi”.
Tramp mavzu haqida yana shunday deb yozib qoldirdi:
“Buyruqlar allaqachon berilgan va AQSh Qurolli kuchlari, zarurat tug‘ilgudek bo’lsa muddat uzaytirilishi mumkin bo‘lgan bir yillik davr mobaynida Eronning barcha hududlarini butunlay vayron qilish va yo‘q qilishga tayyor, bunga qodir va buni amalga oshirishga tayyor turibdi”.
Trampning Truth Social platformasidagi ushbu bayonotlari Yaqin Sharqdagi keskinlikni yana kuchaytirishi mumkin.
AQShning Eronga qarshi havo hujumlari hamda Eronning Yaqin Sharqdagi turli davlatlarga qaratilgan hujumlari bir necha kundan beri davom etmoqda.
Tramp avvalroq Eron bilan tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi “yakunlanganini” e’lon qilgan edi. Biroq Vashington Tehronning iltimosiga binoan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Isroil yaqinda AQSh bilan Eron Trampga qarshi yangi suiqasd rejasini ishlab chiqqanini ko‘rsatuvchi “razvedka ma’lumotlari”ni bo‘lishdi.



















