Shoxboz Sharif AQShda joylashgan «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali bergan bayonotida AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarga ishora qilgan holda:
«Tinchlik bitimiga har qachongidan ham yaqinmiz. Kelishuvning yaqin 24 soat ichida yakunlanishini kutyapmiz» - dedi.
Sharif Pokiston tinchlik bitimini elektron shaklda imzolash uchun tayyorgarlik ishlarini davom ettirayotganini bildirib, kelgusi hafta texnik darajadagi muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Muzokaralar davomida qat’iyat va konstruktiv yondashuv namoyon etganlari uchun AQSh va Eronga minnatdorlik bildirgan Sharif mavzu haqida:
«Mintaqadagi birodar davlatlarga ham ko‘rsatgan qo‘llab - quvvatlovi uchun samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Ushbu tarixiy kelishuv mustahkam va uzoq muddatli tinchlik uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil» - dedi.














