Rossiya Ukrainaning Odessa, Izmail va Nikolayev portlariga qarshi yuqori aniqlikdagi qurollar hamda insonsiz havo transportlari orqali hujumlar uyushtirdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotda, Rossiya Qurolli kuchlari tun davomida havodan uchirilgan yuqori aniqlikdagi qurollar va hujumkor insonsiz havo transportlari yordamida guruh hujumlarini davom ettirganini ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, hujumlar oqibatida Odessa dengiz savdo portida Ukraina armiyasi tomonidan foydalanilgan yoqilg‘i va moylash materiallari omborlari nishonga olingan.
Shuningdek, Izmail dengiz savdo portida harbiy yuklarni tushirish va saqlash uchun foydalanilgan port infratuzilmasi, jumladan «Magura» turidagi insonsiz havo transportlari ham bo‘lgan uchta insonsiz dengiz vositasi ombori hamda Ukraina armiyasiga tegishli harbiy texnikalar joylashgan angar zarbaga uchragani qayd etildi.
Bundan tashqari, Izmail portida avtonom insonsiz suv osti apparatlarini saqlash va dengizga tushirish uchun foydalanilgan suzuvchi dok ham nishonga olingani ma’lum qilindi.
Bayonotda yana qayd etilishicha, Nikolayev dengiz savdo portida harbiy yuk olib kelgan quruq yuk kemasi yukini tushirayotgan paytda zarba ostida qolgan.

























