DUNYO
2 daqiqa o'qish
Tramp juma kuni AQSh Markaziy banki raisi nomzodini e'lon qiladi
Uzoq vaqtdan beri kutilgan ushbu qaror, AQSh markaziy bankining mustaqilligi va saylovlardagi o‘rni borasida katta kurashga sabab bo‘lishi mumkin.
Tramp juma kuni AQSh Markaziy banki raisi nomzodini e'lon qiladi
Tramp Fedning amaldagi raisi Jerom Pauellni foiz stavkalari boʻyicha bir necha bor tanqid qilgan. [Arxiv] / Reuters

AQSh Prezidenti Donald Tramp, AQSh Markaziy banki (FED) raisi lavozimiga nomzodni juma kuni e’lon qilishini ma’lum qildi.

Ushbu qaror, AQSh Markaziy banki (FED) raisi Jerom Pauellga (Jerome Powell) nisbatan bir yildan ortiq davom etgan keskin tanqidlardan so‘ng qabul qilindi. Pauellning vakolat muddati may oyida yakunlanadi.

Tramp payshanba kuni jurnalistlarga: "Raisni ertaga ertalab e’lon qilaman. U juda hurmatli, moliya olamida hamma tomonidan tanilgan inson bo‘ladi," dedi.

Donald Tramp, nomzodning "bir necha yil avval ushbu lavozimga tayinlanishi mumkin bo‘lgan shaxs" ekanligiga ishora qilib, FEDning sobiq raisi Kevin Uorshni (Kevin Warsh) tanlagani haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.

AQSh Prezidentining iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun FEDga foiz stavkalarini tushirish bo‘yicha bosim o‘tkazishi bilan taranglik ortar ekan, Pauell masalaga nisbatan ehtiyotkorona yondashuvni namoyish etdi.

Shu oyda, AQSh Prezidentining Markaziy bank bosh qarorgohini ta’mirlash xarajatlari borasida bildirgan tanqidlaridan so‘ng, Adliya vazirligi FEDga sud chaqiruv qog‘ozini yubordi.

Pauell bunga javoban kamdan-kam uchraydigan bayonot berib: "Jinoiy ish qo‘zg‘atish tahdidi, Markaziy bankning foiz stavkalarini jamoatchilikka eng yaxshi xizmat qiladigan tarzda belgilashining natijasidir," dedi.

Moliya vaziri Skott Bessent (Scott Bessent) boshchiligidagi nomzod qidiruv jarayoni to‘rt nafar ism bilan cheklandi: Kevin Uorsh (Kevin Warsh), Kristofer Uoller (Christopher Waller), Rik Rider (Rick Rieder) va Kevin Xassett (Kevin Hassett).

Pauellning raislik vakolati uch oydan so‘ng tugaydi, ammo uning boshqaruv kengashidagi a’zoligi 2028-yilgacha davom etadi.

Agar Jerom Pauell boshqaruv kengashida qolishni tanlasa, bu Trampning ko‘pchilik o‘rinni nazorat qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Pauell chorshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida boshqaruv kengashida qolish-qolmasligi borasida izoh berishdan o‘zini tiydi, biroq o‘z o‘rniga keladigan shaxsga shunday maslahat berdi: "Saylov siyosatiga aralashmang, buni aslo qilmang."

 

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi