G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Ikkinchi falastinliklar guruhi Rafoh darvozasi orqali G‘azoga qaytdi
Falastinliklardan iborat ikkinchi guruh Rafoh chegara darvozasiga yetib bordi va Isroil o‘n ming nafarlab inson kutgan muhim darvozani qisman ochdi.
Ikkinchi falastinliklar guruhi Rafoh darvozasi orqali G‘azoga qaytdi
_
11 соат олдин

Misr ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra G‘azoga qaytayotgan falastinliklardan iborat ikkinchi guruh seshanba kuni (03.02.2026) Misr bilan bo‘lgan chegarada joylashgan Rafoh darvozasiga keldi. Bu kichik qadam - mintaqaning Isroildan tashqari hududga kirish imkonini beruvchi yagona darvozaning cheklangan tarzda qayta ochilishi jarayoni hisoblanadi.

Al Qahera News ma’lumotiga ko‘ra qaytayotganlar avvalroq davolanish va tibbiy xizmatlar olish uchun Misrga borgan edi. Mazkur falastinliklar erta tongda chegara darvozasiga borib, G‘azoga qayta kirishdan oldin kerakli protsedurani tamomladilar

Bu voqea Isroil Rafoh darvozasini qisman qayta ochishidan bir kun o‘tib sodir bo‘lar ekan, bu orqali bir necha oydan beri yopiq turgan darvoza ochilgan bo‘ldi.

Misr OAVlariga ko‘ra Misrdan qaytayotgan birinchi falastinliklar guruhi dushanba kuni ertalab Rafoh chegara darvozasiga yetib kelib, u yerdan Falastindagi G‘azo hududiga yo‘l oldi.

Isroil OAVlari seshanba kuni taxminan falastinlik 50 kishining G‘azoga kirishiga ruxsat berilishi, qariyb 150 nafar bemor va ularning hamrohlari esa davolanish uchun hududni tark etishi rejalashtirilganini bildirdi.

Chegaraning to‘liq ochilishini minglab bemor kutmoqda; G‘azodagi Sog‘liqni Saqlash idoralari ular sonini taxminan 22 ming nafar deb baholamoqda.

Rafoh chegara darvozasi, insonparvarlik yordami va tibbiy evakuatsiyalar uchun muhim strategik yo‘lak hisoblanadi.

Isroil kuchlari G‘azoga qarshi urushning qariyb to‘qqizinchi oyida, 2024 - yilning may oyida, chegara darvozasini nazorati ostiga olgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra 2023 - yilning oktabr oyidan beri urushda 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati olgan.

2025 - yilning oktabr oyida e’lon qilingan otashkesimga qaramay G‘azo Media ofisi Isroil hujumlari davom etayotgani, o‘sha vaqtdan beri 524 kishi halok bo‘lgani va 1 ming 360 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Rafoh chegara darvozasini otashkesim kelishuvining birinchi bosqichi doirasida oktabr oyida qayta ochish rejalashtirilgan edi biroq Isroil bu qarorni o‘tgan hafta G‘azodagi oxirgi mahbusning qaytarilishiga qadar kechiktirdi.