TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Turkiy davlatlar o‘rtasida elektron tijorat va raqamli xizmatlar osonlashadi
Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyot bo'yicha hamkorlik bitimi elektron tijorat, raqamli xizmatlar va chegaralararo iqtisodiy faoliyatlarni yengillashtirishni maqsad qilmoqda.
Turkiy davlatlar o‘rtasida elektron tijorat va raqamli xizmatlar osonlashadi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT)ga a’zo davlatlar o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik bitimi orqali elektron tijorat, raqamli xizmatlar va chegaralararo ma’lumotlarga asoslangan iqtisodiy faoliyatlar oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsad qilinmoqda.

Turkiya Savdo vazirligi bayonotiga ko‘ra, “TDTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi Raqamli iqtisodiyot hamkorligi bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun” Rasmiy gazetada e’lon qilindi. Shu tariqa Turkiya Ozarbayjon va O‘zbekistondan keyin mazkur bitim bo‘yicha ichki tasdiqlash jarayonini yakunlagan uchinchi davlat bo‘ldi. Bayonotda Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham o‘z ichki tasdiqlash jarayonlarini yakunlagach, bitim to‘liq kuchga kirishi ma’lum qilindi.

Bitim raqamli iqtisodiyotda yagona hamkorlik maydonini yaratadi

Vazirlik bayonotida bitimning tafsilotlariga to‘xtalib, quyidagilar qayd etildi:

“Bitim orqali TDT a’zolari o‘rtasida elektron tijorat, raqamli xizmatlar va chegaralararo ma’lumotlarga asoslangan iqtisodiy faoliyatlar oldidagi to‘siqlar bartaraf etiladi, ushbu faoliyatlar yengillashtiriladi hamda umumiy qoidalar joriy etiladi. Shu tariqa raqamli iqtisodiyotda integratsiyalashgan va barqaror hamkorlik muhiti yaratiladi.”

Shuningdek, mazkur hujjat turkiy dunyoda savdo va texnologik integratsiyani mustahkamlash, korxonalarning raqamli bo‘zorlarga kirishini osonlashtiruvchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish hamda mintaqaning umumiy raqobatbardoshligini oshirishni ko‘zda tutishi ta’kidlandi.