TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: “Turkiya inson huquqlari borasida global namuna bo‘lib kelmoqda”
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Turkiya G‘azo, Suriya, Somali va Liviya kabi qon va ko‘z yosh bilan to‘lgan hududlarda tinchlik va adolat yo‘lida sa’y-harakatlar olib borayotganini aytdi.
Erdo‘g‘an: “Turkiya inson huquqlari borasida global namuna bo‘lib kelmoqda”
Turkiya Prezidenti Recep Tayyip Erdog'an 2025-yil 15-dekabrda Anqarada vazirlar mahkamasi yig'ilishidan so'ng jurnalistlarga murojaat qildi. / AA
16 декабр 2025

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning G‘azo, Suriya, Somali va Liviya kabi “qon va ko‘z yosh bilan yuvilgan” hududlarda tinchlik va adolatga qaratilgan harakatlari bilan dunyoga inson huquqlari borasida namuna bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Dushanba kuni Anqarada Prezidentlik majmuasida o‘tkazilgan navbatdagi hukumat yig‘ilishidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlagan Erdo‘g‘an, mintaqadagi mojarolar, eng avvalo, yashash huquqi bosh bo‘lgan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qoidalarining buzilayotganini ko‘rsatib turganini bildirdi.

U, shuningdek, Isroilning so‘nggi ikki yil davomida G‘azoda butun dunyo ko‘z o‘ngida sodir etgan urush jinoyatlari va genotsidi Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining buzilayotganiga doir eng ochiq dalil ekanini qo‘shimcha qildi.

Prezident Erdo‘g‘an: “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi mintaqadagi mojarolarda oyoq osti qilinmoqda,” dedi.