Turk akademiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Turk xalqlarining ilmiy taraqqiyotida muhim burilish nuqtasi sifatida qabul qilingan tarixiy qurultoyning 100 - yilligi munosabatiga bag‘ishlangan 1 - Boku Turkologiya qurultayi Turk Akademiyasining tashabbusi bilan Xalqaro Turk Madaniyati Tashkiloti (TURKSOY), Turk Madaniyati va merosi fondi, Turk tili jamiyati, al - Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti va Boku Davlat universiteti hamkorligida o'tkazilmoqda.
Simpoziumaga Turk akademiyasi rahbari professor doktor Shahin Mustafayev, Turk Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev, Turk Investitsiya fondi raisi Bag‘dat Amreyev, TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev, Turk Madaniyati va merosi fondi raisi Akto‘ti Raimkulova, al - Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti rektori professor doktor Janseit Tuymebayev, Turk Davlatlari Tashkiloti Oqsoqollar kengashi a'zosi Ikram Adirbekov, Qozog‘iston Prezidenti maslahatchisi Malik O‘tarbayev va Qozog'iston Milliy fanlar akademiyasi rahbari Ahilbek Kurishbayev hamda Turk dunyosidan olimlar va ziyolilar qatnashdi.
Tadbir ochilishida nutq so‘zlagan Turk akademiyasi rahbari Mustafayev, 1926 - yili bo‘lib o‘tgan 1 - Boku Turkologiya qurultoyi nafaqat ilmiy majlis bo‘lgani; balki Turk dunyosining ziyolilarini umumiy madaniy meros, umumiy kelajak va Turk kimligi atrofida birlashtirgan tarixiy platforma ekanini ta'kidladi.
Mustafayev so‘zlari davomida; Turk davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani va turkologiya fanining umumiy ilmiy, madaniy hamda insoniy sohalarni mustahkamlashda alohida rol o‘ynashiga e’tibor qaratdi.
Turk akademiyasi rahbari mavzu haqida shuningdek: «Bugun Turk dunyosining ziyolilari va olimlarining eng muhim vazifalaridan biri — qurultoy ishtirokchilari merosini qayta jonlantirish va uni Turk davlatlarining taraqqiyotiga, birlik va yaxlitligiga xizmat qiladigan tarzda baholashdir» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Tadbir doirasida Turk akademiyasining ilmiy nashrlaridan tashqari, 1 - Boku Turkologiya qurultayining tarixi va merosini aks ettiruvchi arxiv fotolar va materiallardan iborat maxsus ko‘rgazma ham tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi.
Unda olti turk tilida nashr etilgan va tarixiy qurultoyda qatnashgan 131 delegatga oid ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan «1926 Boku Turkologiya qurultayi albomi» hamda qurultoyning tarixiy rejasi va ahamiyatini yorituvchi arxiv hujjatlaridan tashkil topgan ruscha va turkcha «1926 Boku Turkologiya qurultayi arxiv hujjatlari» asari taqdim etildi.
Ikki kun davom etadigan simpoziumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston va Turkmaniston nomidan ishtirok etgan olimlar 1 - Boku Turkologiya qurultayining tarixiy ahamiyati, XXI asrda turkologiya tadqiqotlarining rivojlanishi, umumiy terminologiya va alifbo masalalari, madaniy meros hamda Turk dunyosining ilmiy integratsiya istiqbollari masalalarini muhokama qiladi.



















