Rossiyada Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan «terrorizm faoliyatiga ko‘maklashish» ayblovi doirasida tergov olib borilayotgani ma’lum qilindi. Davlat gazetasi Rossiyskaya Gazeta mazkur xabarni Federal Xavfsizlik xizmati (FSB) manbalariga tayanib e’lon qildi.
Durov bilan mazkur xabar yuzasidan darhol bog‘lanish imkoni bo‘lmas ekan, Telegram oxirgi kunlarda Rossiya tomonidan boshqarilgan; ilova jinoiy faoliyatlar uchun boshpanaga aylangani va G‘arb bilan Ukraina razvedka xizmatlari tomonidan buzib kirilgani haqidagi iddaolarni rad etgan edi.
Rossiyskaya Gazeta, «Rossiya FSB materiallariga asoslanadi» degan izoh bilan e’lon qilgan xabarida shunday dedi: «Telegram rahbari P. Durovning harakatlari Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1 - moddasi 1.1 - qismi (terrorizm faoliyatiga ko‘maklashish) bo‘yicha jinoyat alomatlari doirasida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida o‘rganilmoqda».
Dunyo bo‘ylab 1 milliard nafardan ortiq faol foydalanuvchiga ega ekanini bildirgan Telegram esa izoh talabiga darhol javob bermadi.
Rossiyaning davlat aloqa nazorati organi, kompaniya «ekstremistik mazmundagi kontentni» o‘chirmayotganini iddao qilib; mamlakatda ommaviy va shaxsiy muloqotda keng qo‘llaniladigan Telegramga nisbatan ayrim cheklovlar joriy etdi.
Moskva ma’muriyati esa rossiyalik foydalanuvchilarni taxminan bir yil avval ishga tushirilgan va davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlanadigan MAX nomli ilovaga o‘tishga undamoqda.














