Peskov Hindiston poytaxti Yangi - Dehlida jurnalistlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan bayonot berdi.
Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasida inqirozni hal etishga qaratilgan muzokaralarning qayta boshlanishi ehtimolini baholagan Peskov: «Katta ehtimol bilan muzokaralar oktabr oyida boshlanishi mumkin. Bunday ehtimolni istisno qilmayapmiz», — dedi.
Kreml Matbuot xizmati kotibi Peskov Litvaning Konstitutsiyasidagi yadroviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi qoidani bekor qilish rejalari haqida esa: «Litva bu bilan o‘z xavfsizligini ta’minlay oladi, deb hisoblamoqda. Ammo aksincha, bu mamlakat uchun katta xavf tug‘diradi. Ular buni tushunmayapti. Ular mamlakatimizning yadroviy qurollari uchun nishonga aylanadi», — deya ta’kidladi.





















