DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil Livanda yana hujum uyushtirdi
Isroil otashkesimga qaramay Livanda yana hujum uyushtirdi va oqibati to‘rt kishi umriga zomin bo‘ldi.
Isroil Livanda yana hujum uyushtirdi
_

Livan davlat axborot agentligi tomonidan xabar berilishicha, Isroil shanba kuni (25.04.2026) Livan janubiga qarshi hujum uyushtirgan va oqibati to‘rt kishi umriga zomin bo‘lgan. Bu hujumlar, yaqindagina muddati uzaytirilgan otashkesim jarayonida qurbonlar soni eng yuqori yoki eng ko‘p qayd etilgan (olti kishi halok bo‘lgan) kundan keyin sodir bo‘ldi.

Isroil armiyasi kecha davomida Livan janubidagi uchta nuqtada Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan Hizbullohga tegishli o‘q yuklangan raketa qurilmalarini nishonga olganini ma’lum qildi.

Armiya bayonotida mavzu haqida shunday deyiladi: «Ushbu raketa qurilmalari Isroil Mudofaa kuchlari a’zolari va isroillik tinch aholi uchun xavf tug‘dirayotgan edi».

Bayonotda ushbu nuqtalar Livan janubida, Isroilning shartli «tampon hududi»ning shimolida joylashgan Dayr az - Zahroniy, Ramon va as - Saamiya ekani qayd etildi.

Davlat axborot agentligi xabar qilgan o‘lim voqealarining Isroil hujumlari bilan bevosita bog‘liq yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

Isroil armiyasi Hizbulloh bilan urush davom etar ekan, livanliklarni, Livan janubidagi Litoniy daryosi hududiga yaqinlashmaslik ustidan yana bir bor ogohlantirdi.

Armiya, shuningdek, Isroil kuchlari amaliyot olib borayotgan hududda «shubhali havo nishoni» yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Hizbullohga mansub bir deputat juma kuni (24.04.2026) Isroil bilan bo‘lgan urushda AQSh o‘rtamchiligida erishilgan sulhni ma’nosiz deb topdi. Bu bayonot sulh muddati uch haftaga uzaytirilishidan bir kun o‘tib qayd etildi. Sulh yakshanba kuni yakunlanishi kutilayotgan edi.