DUNYO
1 daqiqa o'qish
Filippinda uyushtirilgan hujumda kamida uch kishi halok bo‘ldi
Filippindagi maktablardan birida qurolli hujum uyushtirildi va oqibati uch kishi umriga zomin bo‘ldi.
Filippinda uyushtirilgan hujumda kamida uch kishi halok bo‘ldi
_

Mahalliy ommaviy axborot vositalarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra Filippinda dushanba kuni (22.06.2026) bir maktabda sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi.

«Inquirer» gazetasi ma’lumotiga ko‘ra voqea Takloban shahridagi San - Xose Milliy litseyida yuz bergan. Gumonlanuvchilardan biri hozirda politsiya nazoratida saqlanmoqda.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha gumonlanuvchilardan biri hodisadan ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan, ikkinchi gumonlanuvchi esa haligacha qochib yuribdi.

Tergovchilar hujumning sabablari va voqea tafsilotlarini aniqlash ustida ishlayotganlari sababli, rasmiylar hozircha qurbonlarning shaxsini oshkor qilmagan.

Shuningdek, qurbonlar bilan gumonlanuvchilar o‘rtasidagi munosabat ham hozircha aniqlanmagan.

Politsiya ikkinchi gumonlanuvchini topish va qo‘lga olish maqsadida tergovni kengaytirib, qidiruv ishlarini boshlab yubordi.