DUNYO
1 daqiqa o'qish
Riyod shahrida portlash ovozlari eshitildi
Riyod shahrida erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilganidan so‘ng portlash ovozlari eshitildi.
Riyod shahrida portlash ovozlari eshitildi
_

Husiylar nishoniga aylangan Saudiya Arabistonining poytaxti ar - Riyod shahrida erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilganidan so‘ng portlash ovozlari eshitildi.

Fuqarolik mudofaasi boshqarmasining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda ar - Riyod uchun erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilgani ma’lum qilindi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra hujum haqida ogohlantirish berilganidan keyin ar - Riyodda portlash ovozlari eshitilgan.

Rasmiylar ogohlantirish xabarini olgan fuqarolardan xotirjamlikni saqlashni va vakolatli idoralar ko‘rsatmalariga rioya qilishni so‘radi.

Xavf bartaraf etilgunga qadar eng yaqin xavfsiz joyga o‘tish, bino ichida derazalardan uzoq turish hamda uy yoki binolarni tark etmaslik tavsiya qilindi. Tashqarida bo‘lganlardan esa eng yaqin binoga kirish va mustahkam to‘siq ortiga panalash so‘raldi.

Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi: Riyoddagi xavf bartaraf etildi

Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilganidan ko‘p o‘tmay bergan ikkinchi bayonotida ar - Riyoddagi xavf bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Biroq bayonotda “xavf”ning aynan nimadan iborat bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

Husiylar 2014 - yildan buyon Yamanning ayrim hududlari, jumladan, poytaxt Sano shahrini nazorat qilib kelmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasi esa 2015 - yildan beri Yaman hukumatini qo‘llab - quvvatlab kelmoqda.