Eron armiyasi AQSh hujumi oqibatida o‘tgan hafta IRIS Dena harbiy kemasining 104 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgani va 32 nafari yaralanganini ma’lum qildi.
Davlat axborot agentligi IRNA tomonidan yakshanba kuni ma’lum qilinishicha, kema 4 - mart kuni Hindistondagi Milan Peace 2006 dengiz mashqlaridan qaytar chog‘ida Shri - Lanka suvlarida AQSh Harbiy - dengiz kuchlari tomonidan hujumga uchraganini ma’lum qildi.
Vashington, amerikalik suvosti kemasi Eron kemasiga torpedo hujumi boshlatganini tasdiqladi.
Shri - Lanka, Galle shahrining janubiy qirg‘oqlarida kemadan yordam ovozi olinishi ortidan mushtarak qutqaruv amaliyoti boshlatilganini ma’lum qildi. Shuningdek, 32 nafar ekipaj a’zosining yaralangani va ularning mahalliy shifoxonaga olib ketilganini ilova etildi.
Eronlik rasmiylarga ko‘ra hujum, AQSh va Isroil tomonidan 28 - fevral kuni boshlagan va Eronni nishonga olgan keng ko‘lamli havo hujumlari davom etayotgan bir paytda qayd etildi. Mazkur hujumlarda 1 ming 200 nafardan ortiq inson jon berdi. Ular orasida Eronning oliy darajali diniy lideri Ali Hamaney ham bor edi. Halok bo‘lganlardan tashqari 10 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.
Tehron esa unga javob tariqasida raketa va insonsiz havo transportlari orqali AQShning harbiy o‘rni bor Isroil, Iroq, Iordaniya va Ko‘rfaz davlatlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirdi.








