TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya 13 yil oradan so'ng, Suriyaga elchi tayinladi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Nuh Yilmaz Suriyaga elchi etib tayinlandi.
Turkiya 13 yil oradan so'ng, Suriyaga elchi tayinladi
Turkiya 13 yillik uzilishdan so‘ng Damashqqa elchi tayinladi.
20 ноябр 2025

Prezident Recep Tayyip Erdo'g'an Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Nuh Yilmazni Turkiyaning Damashqdagi yangi elchisi etib tayinladi. Bu 13 yil oradan so’ng amalaga oshirilgan birinchi tayinlovdir.

Bu haqdagi e'lon chorshanba kuni Erdo'g'an imzosi bilan Rasmiy gazetada chop etildi.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yasar Guler Nuh Yilmazni qabul qilib, uni katta mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

Nuh Yilmaz o'z tayinlovi uchun Erdo'g'an va Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanlarga minnatdorlik bildirdi.

Yilmaz X tarmog'ida yozdi: "Turkiya va Suriya o'rtasida asrlar davomida mavjud bo'lgan chuqur insoniy va madaniy aloqalardan kuch olib, biz o'z munosabatlarimizni qo'shnichilik tamoyillarini hurmat qiladigan va mintaqamizda tinchlik hamda barqarorlikka hissa qo'shadigan tarzda rivojlantirishga intilamiz."

U qo'shimcha qildi: "Men Suriyaliklarga ularning eng qiyin kunlarida Turkiya tomonidan ko'rsatilgan yordamga shaxsan guvoh bo'ldim. Endi esa, faqat Turkiya davlati emas, balki biz Suriyalik birodar va opa-singillarimiz bilan birgalikda xalqlarimizning farovonligi, osoyishtaligi va umumiy kelajagini shakllantirish uchun ishlashni davom ettiramiz."

AQShning Turkiyadagi elchisi va Suriyaga oid AQSh maxsus elchisi Tom Barrack yangi tayinlangan elchi Suriyadagi 'tarixiy' missiyasini boshlaganda Yilmaz bilan yaqindan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.