TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Xitoy fuqarolariga vizasiz sayohat qilish imkoni berdi
Prezident farmoniga koʻra, Turkiya, umumiy (oddiy) pasportga ega boʻlgan Xitoy fuqarolariga turizm va tranzit maqsadlarida vizasiz sayohat qilish huquqi berdi.
Turkiya Xitoy fuqarolariga vizasiz sayohat qilish imkoni berdi
_
1 январ 2026

Rasmiy Gazetada chorshanba kuni (31.12.2025) e’lon qilingan prezident farmoniga koʻra, Turkiya, umumiy (oddiy) pasportga ega boʻlgan Xitoy fuqarolariga rasman turizm va tranzit maqsadlarida vizasiz sayohat qilish huquqi berdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan imzolagan yangi tartibga binoan, xitoylik tashrif buyuruvchilar 2026 - yilning 2 - yanvaridan boshlab istalgan 180 kunlik davr ichida koʻpi bilan 90 kungacha Turkiyada qolishlari mumkin.

Bu qadam xitoylik sayyohlar sonining keskin oshishi ortidan ikki davlat oʻrtasidagi turizm va savdo aloqalarini mustahkamlashni koʻzlaydi.

Rasmiy turk statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 - yili Turkiyaga qariyb 410 ming nafar xitoylik sayyoh kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 65,1 foizlik o‘sish deganini anglatadi.

Statistikani sharhlagan mutaxassislar Xitoy Turkiyaning eng tez oʻsayotgan turizm bozorlaridan biriga aylanganini ta’kidlashmoqda.

Dunyo miqyosida tanilgan diqqatga sazovor maskanlar

Xitoyning Anqaradagi elchisi Jiang Syuebin Yangi yil munosabati bilan yo‘llagan tabrigida Turkiyaning xitoylik sayyohlar uchun jozibadorligini ta’kidlab, shunday dedi:
«Turkiyaning Xitoy fuqarolariga vizasiz rejim joriy etish qarorini katta mamnuniyat bilan qabul qildik. Bu Xitoy va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishining 55 - yilligini nishonlash uchun ajoyib sovg‘adir. Ushbu muhim qadam xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yana - da kuchaytirishi va ikki mamlakat o‘rtasidagi chuqur do‘stlikni yana - da mustahkamlashiga chin dildan ishonaman».

Elchi Jiang, Turkiyaning qadimiy sivilizatsiyalari va tabiiy go‘zalliklariga guvoh bo‘lganini qayd etib; ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va turizm aloqalari kuchayib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Rasmiylar vizasiz rejim xitoylik sayyohlar sonini yana - da oshirishi, mahalliy iqtisodiyotlarga hissa qo‘shishi va ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishi kutilayotganini bildirgan.

Turkiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar savdo, turizm va madaniy almashinuvlar kengayishi orqali mustahkamlanib borar ekan, har ikki davlat ham yaqinroq iqtisodiy va diplomatik hamkorlikni faol qo‘llab - quvvatlamoqda.

 

Boxabar bo'ling!
Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketaga monelik qilindi
Erdo'g'an: Sababidan qat'i nazar, havo maydonimizning buzilishini oqlab bo'lmaydi
Turkiyada yana Eron ballistik raketasi urib tushirildi
Turkiya ShKTRga F - 16 harbiy samolyoti va havo mudofaa tizimi joylashtirdi
Fidan: Turkiya Eron urushini to‘xtatish uchun diplomatik aloqalarini kuchaytirdi
Prezident Erdo‘g‘an bilan Nachirvon Barzoniy mintaqadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi
Erdo‘g‘an: Eron tinchlik jarayonidagi kechikish global barqarorlikka ziyon yetkazishi mumkin
Eron mojarosida Turkiya: Mintaqaviy vazminlik va barqarorlik tayanchi
Erdo’g’an va Meloni Yaqin Sharqdagi kuchaygan inqiroz fonida mintaqaviy taranglikni muhokama qildi
Vazirlik: Turkiya Yaqin Sharqda fuqarolari xavfsizligi uchun choralar ko‘rmoqda
Turkiya mintaqaviy nizo sababli Yaqin Sharqdagi ba'zi davlatlarga parvoz cheklovlarini uzaytirdi
Turkiya Egey orollarining qurolsizlantirilgan maqomiga qaratilgan urinishlarni rad etadi
Turkiya razvedkasi Suriyada DEAShga aloqador guruhni yo‘q qildi
NATO Turkiyaga yo'naltirilgan Eron ballistik raketasini urib tushirdi
Turkiya havo hududida ballistik raketa yo'q qilindi
Eronda rejimni o'zgartirishga chaqiriqlar mintaqada xavfli oqibatlarga olib keladi
Turkiya Isroil tomonidan qo'lga olingan CNN Turk muxbirining ozod qilinishini talab qildi
Erdo'g'an: Turkiya muammolarni tinchlikparvar diplomatiya orqali hal qilishga urinmoqda
Hakan Fidan Isroil va AQSh - Eron voqeasi ustidan diplomatik muzokara olib bordi
Turkiya: Eron adolatsiz va noqonuniy hujumga duch kelmoqda