Hujumlar Qora dengiz va Azov dengizida amalga oshirilgani qayd etilgan bayonotda: «Insonsiz tizimlar kuchlari harbiylari kechasi bilan dushmanning 14 ta kemasiga zarba berdi» - deyiladi.
Shuningdek, 6 – 13 - iyul kunlari Rossiyaning «soya floti» tarkibidagi 90 ta kemaga qarshi hujum uyushtirilgani ma’lum qilinib, quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:
«Rossiyaning soya flotini qo‘llab - quvvatlayotgan tanker va paromlarning yo‘q qilinishi kemalardan xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tish maqsadida foydalanishni qiyinlashtirmoqda hamda Rossiyaning harbiy iqtisodiyoti va qurolli kuchlarining logistika ta’minotini saqlab qolish imkoniyatlarini bosqichma - bosqich kamaytirmoqda».
Insonsiz tizimlar kuchlari qo‘mondonligi mazkur hujumlarga oid ekani aytilgan videotasvirlarni ham e’lon qildi.






















