SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Donald Tramp Saudiya Arabistoni bilan imzolangan tarixiy yadroviy bitimni ma'qulladi
30 yil muddatga imzolangan ushbu kelishuv Amerika kompaniyalarini Saudiya Arabistonining yadroviy infratuzilmasi markaziga qo‘yib, AQShning mazkur infratuzilma ustidan nazoratini ham kengaytiradi.
Donald Tramp Saudiya Arabistoni bilan imzolangan tarixiy yadroviy bitimni ma'qulladi
Tramp Saudiya Arabistoni bilan tarixiy yadroviy bitimni tasdiqladi (Foto: ARXIV) / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni bilan mamlakatga fuqarolik yadro dasturini taqdim etuvchi tarixiy bitimni rasmiy tasdiqladi.

Qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanayotgan 30 yillik ushbu kelishuv Amerika kompaniyalariga Saudiya Arabistonining yadro infratuzilmasini rivojlantirishda markaziy rol berish va boshqa chet ellik raqobatchilarni chiqarib tashlashga qaratilgan.

Kelishuvning asosiy shartlaridan biriga ko‘ra, Vashington va Riyod o‘rtasidagi qo‘shma tekshiruv bu qadamni maqbul deb topsa, AQSh firmalari Saudiyada uran boyitish zavodini quradi. Shuningdek, bitim Vashingmonga Saudiya Arabistonining yadro maqsadlarini qattiq nazorat qilish imkonini beradi va bu mexanizmlar dasturning harbiy maqsadlarda ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Biroq, Kongressga taqdim etilishi kutilayotgan mazkur kelishuv Yaqin Sharqda yadro salohiyati kengayishidan xavotir bildirayotgan qonunchilarning jiddiy qarshiligiga uchrashi mumkin.