DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tramp Hormuz bo‘g‘ozini «Tramp bo‘g‘ozi» deb atagan xaritani ulashdi
Tramp 2-sentabr kuni Hormuz bo‘g‘ozi AQSH nazorati ostida ekanini da’vo qilgan edi.
Tramp Hormuz bo‘g‘ozini «Tramp bo‘g‘ozi» deb atagan xaritani ulashdi
(ARXIV) Tramp Hurmuz boʻgʻozini “Tramp boʻgʻozi” deb atagan suratni ulashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozi «Tramp bo‘g‘ozi» deb ko‘rsatilgan xaritani ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ulashdi.

Ko‘rfaz mintaqasi aks etgan xaritada Hormuz bo‘g‘ozi doira ichiga olinib, «Tramp bo‘g‘ozi» deb belgilangan.

Tramp 2-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi postida Hormuz bo‘g‘ozi AQSH nazorati ostida ekanini da’vo qilib, uning nomini «Tramp bo‘g‘ozi»ga o‘zgartirishni taklif qilishi mumkinligini aytgan edi.

AQSH prezidenti avvalgi ayrim bayonotlarida ham Hormuz bo‘g‘ozi Amerika harbiy dengiz kuchlari nazoratida ekanini va uni «AQSH hududi» deb hisoblash mumkinligini da’vo qilgan.