DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya Ukrainadagi temir yo‘l infratuzilmasiga qarshi hujum uyushtirdi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi Yevropa davlatlaridan harbiy yuklarni tashish uchun foydalaniladigan temir yo‘l infratuzilmasi obyektlariga qarshi hujum uyushtirdi.
Rossiya Ukrainadagi temir yo‘l infratuzilmasiga qarshi hujum uyushtirdi
_

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning g‘arbiy hududlarida Yevropa davlatlaridan harbiy yuklarni tashish uchun foydalaniladigan temir yo‘l infratuzilmasi obyektlariga qarshi hujumlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainadagi harakatlari haqida ma’lumot berildi.

Rossiya armiyasi kun davomida Ukrainadagi nishonlarga hujumlar uyushtirgani qayd etilgan bayonotda, Odessa shahri va Odessa viloyatida harbiy yuklarni saqlash va taqsimlash uchun foydalaniladigan logistika markazlari hamda insonsiz havo transportlari (IHT) ishlab chiqarish ustaxonasi nishonga olingani bildirildi.

Odessa portida harbiy yuklarni tashiyotgan kema hamda portlarning faoliyatini ta’minlaydigan transformator podstansiyalari nishonga olingani qayd etilgan bayonotda: «Ukrainaning g‘arbiy hududlarida Yevropa davlatlaridan harbiy yuklarni tashish uchun foydalaniladigan temir yo‘l infratuzilmasi obyektlariga qarshi hujumlar davom ettirildi» - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda hujumlar havodan yuqori aniqlikdagi qurollar va insonsiz havo transportlari yordamida amalga oshirilgani bildirildi.