DUNYO
1 daqiqa o'qish
Suriyaning Halab aeroportidagi parvozlar to'xtatildi
Suriya aviatsiya boshqarmasi Halabdagi hujumlardan so'ng reyslarni 24 soatga to'xtatdi.
Suriyaning Halab aeroportidagi parvozlar to'xtatildi
Suriya aviatsiya rasmiylarining maʼlum qilishicha, Halab aeroporti halokatli hujumlardan soʻng vaqtincha yopildi. / AA
7 январ 2026

Suriya rasmiylari YPG terror tashkiloti yetakchiligidagi SDG tomonidan amalga oshirilgan hujumlardan so‘ng Halab Xalqaro aeroportiga boruvchi va undan uchuvchi reyslar vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi yo‘lovchilar, parvoz ekipajlari va aeroport operatsiyalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida parvozlar 24 soatga zudlik bilan to‘xtatilganini bildirdi.

Shuningdek, to‘xtatib turish muddati davomida barcha rejalashtirilgan reyslar tegishli idoralar bilan hamkorlikda texnik va xavfsizlik baholashlari yakunlanguniga qadar Damashq Xalqaro aeroportiga yo‘naltirilishi qayd etildi.

Aviatsiya organi ushbu qarorni “oldini olish maqsadida qabul qilingan va vaqtinchalik” deb baholab, to‘xtatib turish muddati tugagach yoki yangi holatlar yuzaga kelgan taqdirda vaziyat bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar berilishini ta’kidladi.

Yo‘lovchilarga parvozlar bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni olish uchun aviakompaniyalar bilan bog‘lanish tavsiya etildi.

Parvozlarni to‘xtatish qarori Suriya rasmiylari YPG terror tashkiloti yetakchiligidagi SDG tomonidan amalga oshirilganini iddao qilgan va seshanba kuni erta tongda Halabda sodir bo‘lgan hujumlardan keyin qabul qilindi.

Rasmiy bayonotlarga ko‘ra, Suriyada bir nafar harbiy xizmatchi va ular orasida bir bola ham bo‘lgan to‘rt nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar esa jarohatlangan.

Suriya va Turkiya PKK terror tashkilotining Suriya bo‘lagi sifatida ta’riflaydigan YPG, SDG nazorati ostida faoliyat yuritadi.

Boxabar bo'ling!
Erondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni ortdi
Indoneziyadagi sel falokati kamida 16 kishining o‘limiga yo‘l ochdi
Shveytsariyalik rasmiylar yong‘indan oldin tekshiruvlar o‘tkazilmaganini tan oldi
Eron Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan bir kishini o‘lim jaziga tortdi
Livan Prezidenti: Isroilning Livanga qarshi hujumlari jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda
BMT AQShning Venesueladagi sa'y - harakatidan xavotirda ekanini bildirdi
Meksika Prezidenti Venesueladagi AQSh harbiy aralashuvini qoraladi
Xitoy Irlandiya orqali Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni chuqurlashtirishni ko‘zlamoqda
Tokiodagi auksionda 243 kilogrammli ko‘k suzgichli orkinos 3,2 million dollarga sotildi
Yaponiya–Xitoy tarangligi fonida Tokio muloqotga chaqirdi
Ukraina Moskvaga qarshi har kuni hujum uyushtirgani aytilmoqda
Venezuelaning prezident saroyi yaqinida o‘q va portlash ovozlari eshitildi
Yaponiyaning g'arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi
Venesueladagi AQSh amaliyotidan so‘ng YI davlatlari xalqaro huquqqa chaqirdi
Gavana: AQShning Venesuelaga aralashuvi chog‘ida 32 nafar kubalik jangchi halok bo‘ldi
Kolombiya Prezidenti Petro Trampga javob berdi: “Meni badnom qilishni bas qiling”
Venesuela muvaqqat prezidenti Maduroning qo‘lga olinishi ortidan AQShni hamkorlikka chaqirdi
Xitoy "dunyoning sudyasi" sifatida harakat qilayotgan davlatlarga rozi bo'lmaydi, deb aytdi, AQSh Maduroni qamab olganidan so'ng
Maduro tarafdorlari Karakasda “Prezidentimizni ozod qiling” deb miting o'tkazdi
Erondagi namoyishlar paytida kamida 16 kishi halok bo‘ldi