DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQShning raketa zaxiralarida kamayish kuzatilmoqda
Eronni nishonga olgan hujumlari yuzasidan AQShning raketa zaxiralarida kamayish kuzatilmoqda.
AQShning raketa zaxiralarida kamayish kuzatilmoqda
_
бир соат олдин

CNN xabariga ko‘ra AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari sababli muhim raketa zaxiralari, jumladan Tomahawk yerusti hujum raketalari va SM - 3 raketalari zaxiralarida kamayish kuzatilmoqda.

Dushanba kuni (02.03.2026) e’lon qilingan va AQShning yuqori martabali rasmiylaridan biriga tayanilgan xabarda aytilishicha, Vashington oxirgi 24 soat ichida hujumlarda yirik ortish kutmoqda. Shu bilan birga raketa va SM - 3 raketa zaxiralari kamayib borayotganini ifoda etdi.

Nomi tilga olingan rasmiy, dastlabki zarbalar Eron mudofaasini zaiflashtirishda muvaffaqiyatli bo‘lganini iddao qildi. Keyingi bosqichda Eronning raketa ishlab chiqarish obyektlari, insonsiz havo transportlari va dengiz kuchlari nishonga olinishi kutilmoqda.

Pentagon shuningdek Patriot raketalari zaxirasining kamayishi muammosiga duch kelmoqda, chunki Ukraina havo mudofaasi Rossiya bilan to‘rt yillik urush davomida ushbu zaxiraning katta qismini ishlatgan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) shanba kunidan beri AQSh va Isroilning Eronga qarshi qo‘shma hujumlari sezilarli natijalar bergani va Ummon ko‘rfazidagi 11 ta Eron kemasining barchasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp, Eronning 49 nafar yetakchisi, jumladan diniy lideri Ali Hamaney ham o‘ldirilganini iddao qildi. AQShga tegishli B - 2 bombardimonchi samolyotlari yakshanba oqshomida Eronning mustahkamlangan ballistik raketa obyektlariga zarba berdi.

Eron esa Fors ko‘rfazi davlatlarida joylashgan va AQSh harbiy o‘rniga ega obyektlarni dron va raketa hujumlari bilan nishonga olib javob qaytardi.

Shu bilan birga, hujumlar boshlanganidan buyon kamida AQSh harbiylaridan 6 kishi halok bo‘lgan, 18 nafari esa og‘ir yaralangan.