Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Xitoy bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar muvaffaqiyatli kechganini bildirib, Tehron Pekin bilan shakllantirgan strategik sheriklikka katta ahamiyat berishini aytdi.
Abbos Aroqchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Xitoydagi uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.
Muvaffaqiyatli maslahatlashuvlar o‘tkazilganini qayd etgan Aroqchi, Eron Xitoy bilan vaqt davomida shakllangan strategik sheriklikka katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
Aroqchi: «Bugun qabul qilingan qarorlar mintaqadagi kelajak strategik muvozanatini belgilaydi va ko‘lamini o‘lchab bo‘lmaydigan darajada zanjirli ta’sirlarga olib keladi», dedi.
Aroqchi, shuningdek, Xitoy davlat rahbari Si Szinpin ilgari surgan tinchlikka doir to‘rtta tamoyil muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Xitoy davlat rahbari Si tomonidan Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi mintaqasida tinchlik hamda barqarorlikni qaror toptirish uchun e’lon qilingan to‘rtta asosiy tamoyil milliy suverenitet, xalqaro huquq ustuvorligi, xavfsizlik va taraqqiyot o‘rtasidagi muvozanat hamda tinch-totuv yashashdan iborat.




















