DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil Livan poytaxti Bayrut janubiga zarba berdi
Isroil armiyasi dushanba kunidan beri Livanda bir qator havo hujumlarini amalga oshirdi, natijada 120 nafardan ortiq odam halok bo'ldi.
Isroil Livan poytaxti Bayrut janubiga zarba berdi
Armiya Bayrut janubiy chekkasi aholisiga uylarini zudlik bilan evakuatsiya qilishni buyurdi. / AFP
19 соат олдин

Livan milliy xabar agentligi (NNA) ma’lumotiga ko‘ra, Isroil urush uchoqlari shu vaqtgacha kamida 5 marta havo zarbasi berib, Al-Jamous va Al-Sahel shifoxonasi yaqinidagi Haret Hreik hududlarini nishonga oldi. Payshanba kuni Isroil qo‘shini Bayrut janubida yashovchi aholiga uylarini darhol bo‘shatish haqida buyruq bergan edi.

Isroil harbiylari so‘zlovchisi Avichay Adraee, ayniqsa Burj al-Barajneh va Hadath mahallalari aholisini Bayrut-Damashq yo‘li orqali sharqqa, Livan tog‘lariga qarab ketishga chaqirdi. Haret Hreik va Shiyah aholisiga esa Bayrut-Tripoli katta yo‘li bo‘ylab shimolga yoki Metn yo‘li orqali sharqqa qarab harakat qilish buyurildi.

Ziddiyatning kuchayishi

Isroil qo‘shini dushanba kunidan buyon Livan bo‘ylab qator havo hujumlari uyushtirdi; Hizbullohning chegaradan qilgan xurujlaridan so‘ng 120 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 700 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu keskinlik, shanba kunidan beri 900 dan ortiq kishining, jumladan diniy rahbar Ali Xomanaiy va yuqori darajali harbiy mulozimlarning o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil-Amerika hujumidan so‘ng yuz berdi.

Eron bunga javoban Isroilni va Amerika kuchlari bo‘lgan ko‘rfaz o‘lkalarini dron hamda raketalar bilan nishonga oldi. Isroil, Livan bilan 2024 yil noyabr oyida imzolangan sulh bitimini ko‘p marta buzdi; deyarli har kuni uyushtirilgan hujumlar oqibatida yuzlab kishi qurbon bo‘ldi. Isroil 2023 yil oktabrda boshlagan hujumlarini 2024 yil sentyabrda keng ko‘lamli urushga aylantirdi; bu to‘qnashuvlarda 4000 dan ortiq kishi o‘lib, 17000 ga yaqin kishi jarohatlandi.