Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Hormuz bo‘g‘ozida yuz bergan hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Bayonotda aytilishicha, kecha tunda jami 4 million barreldan ortiq neft tashiyotgan ikkita ulkan tanker berilgan ogohlantirishlarga qaramay, Hormuz bo‘g‘ozidan «xavfsiz bo‘lmagan» yo‘nalish orqali o‘tishga uringan va avariyaga uchragan. Avariyadan so‘ng tankerlarda portlash yuz bergan.
Bayonotda har ikkala tankerda ham yong‘in chiqqani bildirilgan, biroq avariya sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Eron AQSh 8-iyul kuni hujumlarini qayta boshlaganidan so‘ng, 12-iyulda Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun yana yopgan edi.
Tehron hukumati o‘zi belgilagan yo‘nalishdan tashqarida harakatlanadigan va «ruxsatsiz o‘tadigan» kemalarni nishonga olishi haqida tahdid qilgan edi.























