Germaniyaning sobiq prezidenti Kristian Vulf global dinamiklar o‘zgarib borayotgan bir paytda Anqaraning ortib borayotgan strategik roliga e’tibor qaratdi. Unda, dunyoning Turkiyaga bo‘lgan ehtiyoji Turkiyaning dunyoga bo‘lgan ehtiyojiga qaraganda ko‘proq ekanini qayd etdi.
Istanbuldagi Rahmi Ko‘ch muzeyida bo‘lib o‘tgan Germaniya - Turkiya Savdo kengashi boshqaruv yig‘ilishida so‘zga chiqqan Vulf, Germaniya Turkiyaning eng muhim savdo hamkori ekani, shunga qaramay muhim hamkorlik salohiyati hali hanuz to‘liq ishga solinmaganini ta’kidladi.
Vulf yig‘ilishning maqsadi hamkorlik yo‘nalishlarini aniq belgilash va mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan yana - da samarali foydalanish ekanini ifoda etdi.
U o‘ziga ishongan bir Turkiyani ko‘rayotganini bildirib, ikki tomonlama munosabatlarda o‘zaro ishonch asosiy omillardan biri ekanini qayd etdi.
«Dunyoning Turkiyaga bo‘lgan ehtiyoji, Turkiyaning dunyoga bo‘lgan ehtiyojiga qaraganda ko‘proq» - degan Vulf, Germaniya Turkiyada ijobiy imijga ega ekani va bu holat hamkorlikni kengaytirish uchun qulay sharoit yaratishini bildirdi.
Global ta’minot zanjirlaridagi o‘zgarishlarga to‘xtalgan Vulf, yo‘nalishlar tobora Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan O‘rta yer dengizi portlariga siljiyotgani; bu esa tig‘izlikka yo‘l ochib, Turkiyaning geosiyosiy va strategik ahamiyatini kuchaytirayotganini ta’kidladi.
Vulf, nisbatan past ishchi kuchi xarajatlari va geografik ustunliklar Turkiyani Germaniya uchun jozibador hamkor qilayotganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.
Germaniya ichki va global muammolar bilan yuzma - yuz ekanini bildirgan Vulf, dunyodagi inqiroz va mojarolarning hajmiga e’tibor qaratdi.
Mavjud davrni ham muammo, ham imkoniyat sifatida baholagan Vulf; Turkiya xalqaro maydonda yanada katta rol o‘ynashga tayyor ekanini ta’kidladi.













