DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil AQShning Eron haqidagi so‘zlari ortidan tayyorgarlik ko‘ra boshladi
AQShning Eron haqidagi so‘zlari ortidan Isroil ham tayyorgarlik darajasini oshirganini ifoda etmoqda.
Isroil AQShning Eron haqidagi so‘zlari ortidan tayyorgarlik ko‘ra boshladi
Eronda avj olayotgan hukumatga qarshi noroziliklar fonida namoyishchilar toʻplanayotgan paytda tutun koʻtarilmoqda, 2026-yil 10-yanvar [ARXIV]. / Reuters
12 январ 2026

Isroillik manbalarga ko‘ra Eronda hukumatga qarshi namoyishlar davom etayotgan bir paytda, Isroil, AQShning Eronga nisbatan ehtimoliy harbiy aralashuvi xavfiga qarshi ko‘rgan tayyorgarliklari darajasini oshirdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp so‘nggi kunlarda bir necha bor Eron hukumatini mamlakatdagi voqeaga aralashish bilan tahdid qilar ekan ayni vaqtda namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatmaslik ustidan ogohlantirdi.

Shanba kuni Tramp, AQSh yordam berishga tayyor ekanini qayd etdi.

Dam olish kunlari o‘tkazilgan Isroil xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlarida qatnashgan manbalar, Isroilning yuqori tayyorgarlik holati amalda nimani anglatishi haqida batafsil ma’lumot bermadi.

O‘tgan 2025 - yilning iyun oyida Isroil bilan Eron o‘rtasida 12 kunlik urush qayd etilar ekan unda AQSh Isroil tomonida ishtirok etib, havo hujumlari uyushtirgan edi.

Shanba kuni Binyamin Netanyaxu va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan isroillik manbaga ko‘ra, Netanyaxu bilan Rubio, AQShning Eronga aralashuvi ehtimolini muhokama qilgan. AQSh rasmiylari ham ikki tomon o‘rtasidagi muloqotni tasdiqladi, biroq qaysi masalalar ko‘tarilgani haqida ma’lumot bermadi.

Juma kuni e’lon qilingan The Economist jurnaliga bergan intervyusida Netanyaxu, Eron Isroilga qarshi hujum uyushtirgudek bo‘lsa unda bu dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ifoda etgan. U namoyishlarni nazarda tutgan holda, «Boshqa barcha masalalarda esa, menimcha, Eronda nimalar bo‘layotganiga e’tibor berishimiz kerak», - dedi.