IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
Joriy yilning 27 - mayidan beri Gʻazodagi yordam markazlari yaqinida Isroilning oʻq uzishi oqibatida yordam uchun kelgan falastinlik kamida 1 ming 516 kishi halok boʻlar ekan, 10 ming 67 kishi tan jarohati oldi.
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
6 август 2025

Isroil vazirlar kengashi qamal ostidagi Gʻazoga xususiy sektor orqali bosqichma - bosqich va nazorat ostida tovar olib kirilishiga ruxsat beruvchi mexanizmni tasdiqladi.

Gʻazodagi blokadani amalga oshirgan Isroil harbiy agentligi COGAT mavzu haqida seshanba kuni bergan bayonotida, «Ushbu mexanizm Gʻazoga kiradigan yordam miqdorini oshirish va BMT bilan xalqaro tashkilotlar yordamini yigʻish faoliyatlariga boʻlgan qaramlilikni kamaytirishni koʻzlamoqda», - dedi.

Bayonotda, yangi mexanizm doirasida cheklangan miqdorda mahalliy savdogarlar tasdiqlangani ifoda etildi.

Bu harakat, Gʻazoning 2,4 millionlik aholisini ocharchilik yoqasiga olib kelgan Isroil blokadasining qoq oʻrtasida amalga oshirildi.

Gʻazodagi Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga koʻra, 2023 - yilning oktabr oyidan beri ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik yuzasidan kamida 180 kishi halok boʻlgan. Eng yomoni, ularning 93 nafari yosh bolalardan iborat.

Falastin hukumatining Gʻazodagi matbuot xizmati mavzu haqida dushanba kuni bayonot berdi. Ushbu bayonotga koʻra, Isroil joriy yilning 27 - iyulidan beri bor - yoʻgʻi 674 ta insonparvarlik yordami ortirilgan yuk tashuvchi mashinaning kirishiga ruxsat bergan. Bu esa, hududning bir kundagi minimal ehtiyoji hisoblangan 600 ta yuk tashuvchi mashinaning atigi 14 foizini tashkil etadi.  

Hech qanday kuchi yoʻq

Sogʻliqni saqlash vazirligi Isroilning Gʻazodagi yordam markazlari yaqinidagi otishmasida joriy yilning 27 - mayidan beri yordam uchun kelgan falastinlik kamida 1 ming 516 kishi halok boʻlgani, 10 ming 67 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Isroil tomonidan tayyorlangan yordam rejasi samarasiz ekani va ochlikdan azob chekayotgan tinch aholi uchun oʻlim tuzogʻi sifatida koʻpchilik tomonidan tanqid qilindi.

Otashkesim haqidagi xalqaro chaqiriqlarni rad etgan Isroil armiyasi, 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan shafqatsiz hujumlari oqibatida falastinlik 61 ming nafarga yaqin inson umriga zomin boʻldi. Ularning koʻpchiligi ayollar va bolalardan iborat.

Isroilning harbiy hujumi mintaqani vayron qilib, ocharchilik yoqasiga olib keldi.

Otgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida Gazodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi.

Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.

 

Boxabar bo'ling!
Pokiston Torkham chegara darvozasini takror ochdi
O‘mer Bo‘lat: Turkiya – Suriya tranzit yo‘lagi kelasi yili ochiladi
Yevropa Ittifoqi 2028-yilgacha Rossiyadan gaz importini to‘xtatish rejasi bo'yicha kelishib oldi
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatishini bildirdi
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Xitoy Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga AAA reytingini berdi
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
Turkiya Zangazur yo‘lagiga ulab strategik temir yo‘li qurish ishlariga kirishdi
Turkiyada elektr transport vositalari  soni bir yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshdi
Mask: xAI Apple kompaniyasini ilovalarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgani uchun sudga beradi
Germaniya Isroilga nisbatan yo‘lga qo‘ygan harbiy eksportini to‘xtatdi
Turkiya Ozarbayjondan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlarini boshlaydi
Hindiston AQShga smartfon eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi
Yevropa Ittifoqi va AQSh o'rtasidagi savdo kelishuvi vaqtinchalik barqarorlik keltiradi
Turkiya IDEF -2025 ko‘rgazmasida GAZAP va NEB - 2 bombasini namoyish etdi
Suriya bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida investitsiya forumi oʻz ishini boshladi
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi