Isroil ommaviy axborot vositasi xabarlariga koʻra Isroil Prezidenti Isaak Gertsogni olib ketayotgan samolyot Qozog‘istonga boʻlgan safarida Turkiya havo hududidan foydalanishdan qochib, manzilga yetib borish uchun sakkiz soatlik yo‘lni bosib o‘tdi.
Isroilda efirga uzatiladigan Kanal 12 xabariga koʻra samolyot Turkiya havo hududiga kirmaslik uchun Yevropa va Rossiya orqali muqobil yo‘lni tanlagan va natijada parvoz vaqti sakkiz soatga cho‘zilgan.
Gertsog X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida Astanaga qo‘nganini tasdiqladi.
2024 - yilning noyabr oyida Turkiya, Gertsogning, Bokudagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Tomonlar konferensiyasining 29 - sessiyasi sammitga yetib borishi uchun havo hududidan foydalanishga ruxsat bermagan; shundan so‘ng Gertsog «xavfsizlik xavotirlari» sabab safarni bekor qilgandi.
Isroilning G‘azo sektoriga qarshi olib borgan shafqatsiz urushi sabab Turkiya bilan Isroil oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashdi; bu mojaro keyinchalik Livan va Eronni ham oʻz ichiga olgan holda kengaydi.











