Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra Muhammad Boqir Qolibof parlament majlisida so‘zlagan nutqida kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr bildirdi.
Urush sharoitiga qaramay raketa ishlab chiqarishni davom ettirayotganliklarini ifoda etgan Qolibof, yer ostida barpo etilgan yangi raketa shaharchasining ochilishini nazarda tutgan holda quyidagilarni ta’kidladi:
«Bu shunchaki texnik va mudofaa sohasidagi yutuq emas, balki mintaqadagi strategik o‘zgarishlarning ham ramzidir. Biz na urush, na tinchlik holatida qolamiz».
Eron AQShga taqdim etgan 7 ta shart qabul qilingan taqdirda, kelishuvga erishish imkoniyati borligini bildirgan Qolibof mavzu haqida shunday dedi:
«Ammo AQSh bu safar ham xatoga yo‘l qo‘ysa, urush geografiyasini Eron Qurolli kuchlarining qudrati va irodasi belgilaydi».





















