Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Ar-Riyod–Madina hududidagi quvur bir nechta dron bilan nishonga olingani, yetkazilgan zararni bartaraf etish ishlari davom etayotgani qayd etildi. Jarohatlanishlar va moddiy zararga sabab bo‘lgan hujum keskin qoralandi.
Bayonotda Iroq Bosh vaziri Ali az-Zaydiy o‘z mamlakati hududidan Saudiya Arabistoni va qo‘shni davlatlarga qarshi hujumlarning oldini olish choralarini ko‘rishi uchun Iroq hukumatiga imkon berishni so‘ragani bildirildi.
Saudiya Arabistoni ushbu iltimosdan so‘ng javob hujumi uyushtirmaslik va Iroq hukumati sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni tanlagani qayd etildi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni o‘z suvereniteti, xavfsizligi, inshootlari va fuqarolarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini saqlab qolishi ta’kidlandi.
Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi Sharq–G‘arb neft quvuri 10-sentabr kuni dronlar bilan nishonga olinganidan so‘ng ehtiyot chorasi sifatida yopilganini va hujum oqibatida jarohatlanganlar borligini ma’lum qilgan edi.





















