DUNYO
3 daqiqa o'qish
Isroil G‘azoga yo‘l olgan Ozodlik Flotiliyasi kemalariga hujum qildi
Tashkilotchilar barcha yordam kemalarining to'xtatilganini va ko'plab onlayn translatsiyalarning uzilganini aytmoqda.
Isroil G‘azoga yo‘l olgan Ozodlik Flotiliyasi kemalariga hujum qildi
A livestream on the coalition's YouTube channel showed several Israeli soldiers raiding the Gaza Sunbird. / Reuters

Isroillik harbiy kuchlar chorshanba kuni erta tongda G‘azoga yo‘l olayotgan “Ozodlik Flotiliyasi Koalisiyasi” (FFC)ga tegishli uchta kemaga xalqaro suvlar hududida, G‘azo qirg‘oqlaridan taxminan 120 dengiz mili (222 kilometr) uzoqlikda hujum uyushtirdi.

Gazze Qamalini Buzish Xalqaro Qo‘mitasi AQShda joylashgan ijtimoiy tarmoq X orqali bergan bayonotida shunday dedi:

“Gaza Sunbird, Alaa Al-Najjar va Anas Al Sharif nomli uchta kemaga Isroil armiyasi soat 04:34 da G‘azo qirg‘oqlaridan 220 km uzoqlikda hujum qildi va ularni noqonuniy ravishda to‘xtatdi.”

Tashkilot shuningdek qo‘shimcha qildi:

“Videoda Sunbird kemasiga uyushtirilgan hujum lahzasi va bu jinoyatni yashirish uchun kameraga qurol bilan aralashilganini ko‘rish mumkin.”

Kemalarga bosqin uyushtirildi, jonli efir uzildi

Koalisiyaning YouTube kanalidagi jonli efirda isroillik askarlarning Gaza Sunbird kemasiga bostirib kirgani aks etgan.
Isroilning 13-kanali ilgariroq Isroil armiyasi flotiliyaga hujum qilishga tayyorlanayotganini xabar qilgan edi.

Koalisiyaning AQShda joylashgan Instagram sahifasida esa shunday yozildi:

“Isroil, G‘azodan taxminan 120 dengiz mili uzoqlikda flotiliyaga hujum qildi.”

Koalisiyaning bildirishicha, jonli efirlarning aksariyati uzilgan, Isroil harbiylari esa kemalarning “yo‘nalishini o‘zgartirishga urinmoqda”.

“Qo‘shimcha ma’lumot tez orada e’lon qilinadi,” — deya bayonotda qayd etildi.

Koalisiyaning rasmiy kuzatuv tizimi ham to‘sib qo‘yilgan.

Instagramdagi boshqa bayonotda shunday deyiladi:

“Isroil armiyasining xalqaro suvlar hududida hech qanday huquqiy vakolati yo‘q. Bizning flotiliyamiz hech kimga tahdid solmaydi.”

Kemalar 110 ming dollarlik tibbiy yordam olib ketayotgan edi

Kemalar G‘azoda tibbiy jihozlar tanqisligidan aziyat chekayotgan shifoxonalarga yuboriladigan 110 ming dollardan ortiq qiymatdagi dori-darmonlar, sun’iy nafas apparatlari va oziqlantirish vositalarini olib ketayotgan edi.

Taxminan 100 kishi, FFC tomonidan G‘azodagi noqonuniy Isroil qamali va blokadasiga qarshi tashkil etilgan “Bin Madleen” missiyasining bir qismi bo‘lgan to‘qqiz kemalik karvonda ishtirok etmoqda.

2010-yilda tashkil etilgan Ozodlik Flotiliyasi Koalisiyasi , Isroilning G‘azoga nisbatan qo‘llayotgan blokadasini yorib o‘tish va dunyo jamoatchiligini bu hududdagi insonparvarlik inqiroziga e’tibor qaratishga chaqiruvchi o‘nlab missiyalarni amalga oshirgan.

Isroilning flotiliyalarga hujumlari yangilik emas

Bu so‘nggi konvoy, Isroil dengiz kuchlarining o‘tgan hafta G‘azoga suzib ketayotgan Global Sumud Flotiliyasiga tegishli 40 dan ortiq kemaga hujum qilib, ularni musodara qilgani hamda bortdagi 450 dan ortiq faollarni hibsga olganidan so‘ng yo‘lga chiqqan edi.

Bosqinchi kuch sifatida Isroil ilgari ham G‘azoga yo‘l olayotgan kemalarga hujum qilib, ularning yuklarini musodara qilgan va faollarni mamlakatdan chiqarib yuborgan.

Isroil, taxminan 2,4 million aholi yashaydigan G‘azoga 18 yildan beri qamal qo‘llab kelmoqda. Mart oyida esa chegaralarni butunlay yopib, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berishni to‘xtatib, blokadani yanada kuchaytirdi. Bu esa hududni ocharchilik yoqasiga olib keldi.

2023-yil oktyabr oyidan buyon davom etayotgan Isroil bombardimonlari natijasida G‘azoda ko‘pchiligi ayollar va bolalar bo‘lgan 67 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, mintaqa esa yashab bo‘lmaydigan holga kelgan.

Bu voqea rivojlanishda davom etmoqda va yangilanib boradi.

 

Boxabar bo'ling!
Isroilning diaspora ishlari vaziri Chikli: Makron bizning orqamizdan pichoqladi
BMT Xavfsizlik Kengashi Pokiston shimoli-g‘arbidagi halokatli terror hujumini qoraladi
Eron bosh muzokarachisi AQSHni “teatr diplomatiyasi”da aybladi
Rossiya havo mudofaasi insonsiz havo transportlari hujumini qaytardi
Zelenskiy: «Havo mudofaasi uchun yetkazib berilgan raketalar soni kamaydi».
Rossiyaning raketa va dron hujumlari Kiyev atrofida 14 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Sun’iy intellekt xakerlarga ustunlik bermoqda: O‘zimizni qanday himoya qilamiz?
Afg‘onistonda bolalar ocharchilik xavfi ostida
Ukraina Prezidenti Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi operatsiyalarni ma’qulladi
Vashingtondagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Venesuelada yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi
Gazprom: Yevropadagi gaz omborlarida yuzaga kelgan taqchillik ta’minot uchun xavf tug‘dirmoqda
Rosatom: Qora dengizda dron hujumiga uchragan konteyner kemasi cho‘kdi
Moskvada yuz bergan portlashda uch kishi halok bo'ldi
Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar soni uch nafarga yetdi
Yaponiyadagi zilzilada 30 kishi halok bo‘ldi, qidiruvlar davom etmoqda
Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi
Putin: Rossiya o‘z maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi
Janubiy Kore Shimoliy Kore va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatmoqda
Pokiston shimoli-g‘arbidagi politsiya nazorat punktiga hujumda 15 kishi halok bo‘ldi