TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Apple rahbari Tim Kuk bilan uchrashdi
Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Apple kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Tim Kukni qabul qildi.
Erdo‘g‘an Apple rahbari Tim Kuk bilan uchrashdi
_

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Apple kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Tim Kukni qabul qildi.

Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv matbuot uchun yopiq tarzda o‘tkazildi.

Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mazkur uchrashuv haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

«Bugun Apple kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Tim Kuk bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvimizda raqamli texnologiyalarning global miqyosdagi kelajagi hamda Apple kompaniyasining Turkiyadagi raqamli ilovalar iqtisodiyotini qo‘llab - quvvatlash borasidagi hissasini muhokama qildik. Uchrashuvimiz Turkiya va Apple kompaniyasi uchun xayrli bo‘lishini tilayman».

Shuningdek, AQShning yirik texnologiya kompaniyasi Apple yangi avlod kontent yaratuvchilari, innovatsion startaplar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab - quvvatlash, shuningdek, Turkiyaning xalqaro miqyosda ilovalar ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi markazlardan biriga aylanishiga ko‘maklashish maqsadida mamlakatga uzoq muddatli investitsiya kiritishini ma’lum qildi.