Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) rahbari Ibrahim Kalin poytaxt Anqarada Misr Umumiy razvedka xizmati rahbari Hasan Rashid bilan uchrashdi.
Xavfsizlik manbalariga ko‘ra seshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar Isroil tomonidan tobora ko‘payib borayotgan qoidabuzarliklar oldida G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi bosqichi borishini muhokama qildi.
Kalin bilan Rashid bunday qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘zaro muvofiqlashtirish va hamkorlikni yana - da mustahkamlashni davom ettirishga kelishib oldi.
Uchrashuv davomida Ibrahim Kalin, Turkiya har doimgidek Falastin xalqini barcha imkoniyatlari bilan qo‘llab - quvvatlashda davom etishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, Liviyaning sharqiy va g‘arbiy qismidagi ma’muriy ham - da harbiy tuzilmalarni yagona hokimiyat ostida birlashtirish masalasi va Somalidagi so‘nggi vaziyat ham muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, Sudan Qurolli kuchlari bilan Harbiylashtirilgan Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari o‘rtasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan ham fikr almashdi.














