Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan “Birlik kuchi–2026” qo‘shma harbiy mashg‘ulotida shartli nishonlar aniq zarbalar bilan yo‘q qilindi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Turkiya, O‘zbekiston va Ozarbayjon qurolli kuchlari qatnashayotgan mashg‘ulot muvaffaqiyatli davom etayotganini ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, harbiy xizmatchilar turli o‘quv va jangovar ssenariylar bo‘yicha amaliy vazifalarni bajarmoqda. Artilleriya bo‘linmalari o‘tkazgan otishmalarda shartli terrorchi nishonlari aniq zarbalar bilan yo‘q qilindi.
TAVSIYA ETILADI























