Suriya ommaviy axborot vositalari tomonidan bugun (14.01.2026) xabar berilishicha, Isroil kuchlari Suriyaning janubidagi Qunaytra qishloq hududiga qarshi yana bir bor hujum uyushtirib, arab mamlakatining mustaqilligini ko‘rmaslikka oldi.
SANA axborot agentligiga ko‘ra ikki transport vositasidan iborat Isroil harbiy bo‘linmasi janubdagi Bir Ajam shaharchasi tomondan hududga kirib, Bariqa qishlog‘i tomon yo‘l olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘linma Bir al - Kabbas yaqinida taxminan o‘n daqiqa to‘xtab turgach, xuddi shu yo‘nalish orqali orqaga qaytib ketgan.
Parijda o‘tkazilgan muzokaralar ortidan e’lon qilingan uch tomonlama bayonotga ko‘ra, mazkur hujum oy boshida AQSh nazorati ostida Suriyа va Isroil o‘rtasida kuchayib borayotgan harbiy taranglikni kamaytirish va muvofiqlashtirishni yengillashtirish maqsadida aloqa mexanizmi yaratish bo‘yicha erishilgan kelishuvga qaramay sodir bo‘lgan.
Isroil kuchlari, ayniqsa Qunaytra qishloq hududida, nazorat punktlari o‘rnatish, tinch aholini so‘roq qilish, hibsga olish va qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qilish kabi harakatlar bilan deyarli har kuni Suriya hududiga kirib bormoqda.
2024 - yilning dekabr oyida Bashar al - Asad rejimi qulashi ortidan Isroil 1974 - yili Suriya bilan tuzilgan Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni buzib, qurolsizlantirilgan tampon hududni egallab oldi va Suriyaning Go‘lan tepaliklaridagi ishg‘olini kengaytirdi.















