Prezident Erdo‘g‘an Vetnam Davlat rahbari To Lam bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Turkiya bilan Vetnam o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish taklifiga Vetnamning ijobiy javob berganidan mamnun ekanini bildirdi. Shuningdek, Vetnam bilan investitsiyalar, savdo, mudofaa sanoati va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun ish olib borayotganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an Liviya Prezidentlik kengashi raisi Muhammad Yunus al - Menfi bilan ham uchrashdi.
Turkiya bilan Liviya munosabatlari, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilingan uchrashuvda Erdo‘g‘an Turkiya Liviyada barqarorlikni davom ettirishga harakat qilayotgani, muloqot va kelishuvga qaratilgan jarayonning davom etishi muhimligini ta’kidladi. U Turkiya Liviyaning manfaatlariga mos kelmaydigan hech qanday formulaga rozi bo‘lmasligini bildirdi.
Erdo‘g‘an ikki davlatning energetika, mudofaa va konchilik sohalaridagi hamkorligini kengaytirish ishlari davom etayotganini qayd etdi.
Shundan so‘ng Erdo‘g‘an Quvayt Valiahd shahzodasi Sabah Xolid al - Hamad as - Sabah bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Turkiya bilan Quvayt o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Erdo‘g‘an ikki davlat savdo, energetika va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish ustida ish olib borayotganini ta’kidlab, mintaqadagi murakkab va mojaroli jarayonlarda Turkiya Quvayt kabi qardosh davlatlar yonida ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning mintaqadagi tajovuzkor harakatlariga chek qo‘yish zarurligini ifoda etib, bunga erishish uchun xalqaro sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlash muhimligiga e’tibor qaratdi.
Prezident Erdo‘g‘an Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda Turkiya bilan Kosovo o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Prezident Erdo‘g‘an ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini mavjud salohiyatga mos darajaga yetkazish uchun qadamlar tashlashni davom ettirishlarini, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohalaridagi hamkorlikni ham rivojlantirishlarini bildirdi.
Erdo‘g‘an Turkiya Kosovoni xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun qo‘llab - quvvatlashni davom etishi, shuningdek, Turkiya sifatida Bolqon davlatlari o‘rtasidagi muloqotni ham qo‘llab - quvvatlashini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an keyinchalik Livan Bosh vaziri Navvaf Salam bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Erdo‘g‘an Turkiya Livanda ham butunlay tinchlik o‘rnatib, barqarorlikni ta’minlashga harakat qilayotgani, BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari o‘rnini bosish uchun xalqaro tashabbus zarurligini bildirdi. Shuningdek, og‘ir kunlarda Turkiya Livan xalqi yonida bo‘lishda davom etishi, Livanga insonparvarlik yordami va tibbiy ko‘mak yuborishdan voz kechmasligini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an, Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidzeni qabul qildi.
Mazkur qabulda Turkiya - Gruziya munosabatlari hamda mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Prezident Erdo‘g‘an uchrashuvda, Turkiya, Gruziyaning 18 yildan buyon eng yirik savdo hamkori bo‘lib kelayotganidan mamnun ekanini bildirdi. Shuningdek, savdo, transport, xavfsizlik va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun shaxdam qadamlar tashlashni to‘xtatmasligini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an ikki davlatning xalqaro maydondagi birdamligini davom ettirishi muhimligini ta’kidlab, Turkiya - Gruziya - Ozarbayjon hamkorlik mexanizmlaridan eng samarali tarzda foydalanish mamlakatlarga foyda keltirishini qayd etdi.























