DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
Tungi vaqtlarda uyushtirilgan dron hujumlari Rossiyaning energetika infratuzilmasiga zarar yetkazdi, Rossiyaning hujumlari esa Odessadagi ko'p qavatli binoda shikastlanishga sabab bo'ldi.
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
[ARXIV] Ukraina harbiy xizmatchisi Ukraina janubidagi front chizig‘i yaqinidagi pozitsiyadan uchirilayotgan «Shark» razvedka dronini kuzatmoqda. / Reuters

Ukrainaning dron hujumi tunda Rossiyaning Yaroslavl viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodi hamda Rostov-na-Don shahridagi transformator podstansiyasiga zarar yetkazdi. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari Kiyev va Odessada Rossiya zarbalari oqibatida vayronagarchiliklar va jabrlanuvchilar borligini ma'lum qildi.

Yaroslavl viloyati gubernatori Mixail Yevrayevning rus ijtimoiy tarmog‘i Max’da yozishicha, havo mudofaa kuchlari viloyat havo hududida 65 ta dronni urib tushirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum Yaroslavldagi neftni qayta ishlash zavodiga ziyon yetkazib, u yerda yong‘in chiqqan. Shuningdek, qulagan qoldiqlar bir nechta ko‘p qavatli uylarning oynalari va avtomobillarga zarar keltirgan, biroq jabrlanganlar yo‘q.

O‘z navbatida, Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar dron qoldiqlari Rostov-na-Don shahridagi transformator podstansiyasiga shikast yetkazgani va natijada shaharning to‘rt tumanida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilganini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, oltita xususiy uy va yordamchi xo‘jalik inshootlari ham zarar ko‘rgan, qurbonlar haqida ma'lumot yo‘q.

Shu bilan bir vaqtda, Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt tomon uchib kelayotgan oltita dron urib tushirilganini ma'lum qildi, biroq boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

Ukrainada o‘ndan ortiq kishi jarohatlandi

Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko tungi zarbalar poytaxtning bir nechta tumanlarida turar-joy va boshqa binolarga zarar yetkazganini aytdi.

Uning qayd etishicha, hujumlar oqibatida 16 kishi jarohatlangan, ulardan to‘qqiz nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Odessada esa mahalliy hokimiyat organlari 19 qavatli bino zarar ko‘rgani, jumladan, 14–16-qavatlardagi xonadonlar vayron bo‘lganini va jabrlanganlar borligini xabar qildi. Mazkur tungi hodisalar Rossiya va Ukraina o‘rtasida strategik infratuzilma hamda boshqa ob'ektlarga qarshi dron hujumlari davom etayotgan bir paytda yuz berdi.

Boxabar bo'ling!
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?
Aroqchi Xitoy tashrifidan so‘ng: Bugun qabul qilingan qarorlar strategik muvozanatni belgilaydi
Janubiy Koreya va Fransiya uch yillik tanaffusdan so‘ng ilk qo‘shma havo mashg‘ulotini o‘tkazdi
Kanada Buyuk Britaniya boshchiligidagi Qo‘shma ekspeditsiya kuchlariga qo‘shilish uchun ariza berdi
Isroil va Marokash iqtisodiy hamkorlik hamda diplomatik aloqalarni kengaytirishga qaror qildi
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi
Rossiya shimolidagi Xatanga qo‘ltig‘iga 200 tonna dizel yoqilg‘isi to‘kildi
Saudiya Arabistoni Makka yaqinida Husiylar dronini urib tushirdi
Los-Anjelesda vertolyot halokati uch kishining hayotiga zomin bo'ldi
Kim Putinga Rossiyani «qat’iy qo‘llab-quvvatlashga» va’da berdi
Eronda urushga qarshi hushyorlikni oshirish bo‘yicha harbiy tayyorgarlik boshlandi
So‘mali Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi
NATO samolyotlari Litva havo maydoniga kirgan dronni urib tushirdi
Polsha Rossiya hujumlari tufayli Ukrainaga qarshi havo operatsiyalarini to'xtatdi
AQSH ilk bor koinotga qurol joylashtirganini tasdiqladi
UNICEF: Yamandagi to‘qnashuvlarning kuchayishi 137 mingdan ortiq bolaning ta’limiga xalaqit bermoqda
Isroil Livan janubidagi maktabni portlovchi moddalar bilan vayron qildi
Pentagon: Eron bilan to‘qnashuvlar strategik o‘q-dorilar tanqisligini yuzaga keltirmoqda