Insonlar Isroilning Falastin hududlarining «bosib olinishi» haqida huquqiy atamalar bilan gapirganida, bir - biriga tutash bo‘lmagan ikki hudud — G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohilni nazarda tutadi; G‘arbiy Sohil tarkibiga bosib olingan Sharqiy Quddus ham kiradi.
G‘arbiy Sohil eng yaqin nuqtada G‘azodan taxminan 50 km uzoqda joylashgan; G‘azo esa so‘nggi ikki yildagi genotsid urushi davomida Isroil tomonidan vayron qilindi.
Dunyo asosan G‘azodagi Isroil zo‘ravonligiga e’tibor qaratgan bo‘lsa - da, Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi o‘ta o‘ng ko‘z qarashdagi hukumat bosib olingan G‘arbiy Sohilda ham faol harakat qilib, bu hududdagi amaldagi vaziyatni kelajakda tuzilishi mumkin bo‘lgan Falastin davlatining o‘rniga putur yetkazadigan tarzda qayta shakllantirdi.
Bosib olingan G‘arbiy Sohilda harbiy qo‘llovga ega noqonuniy isroillik ko‘chmanchilarning talonchilik, Falastin qishloqlarini yoqish, mulklarni vayron qilish va chorva o‘g‘irlash kabi harakatlari oqibatida mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgani va o‘n minglab inson o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgani xabar qilindi.
Yakshanba kuni Falastinni xaritalardan o‘chirish rejasi «amaliy anneksiya» deb atalgan «mega yer bosib olish» bilan eng yuqori nuqtaga yetdi.
Isroil hukumatining bosib olingan G‘arbiy Sohilda falastinliklarga tegishli yerlarni «davlat mulki» sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish qarorini tasdiqlashi, ikki davlatli yechim borasidagi rasmiy pozitsiyadan ham voz kechganini ko‘rsatmoqda.
Reja asosan o‘n minglab falastinlikni uylaridan chiqarish va noqonuniy ko‘chmanchilarga falastinliklarning uy - joy va qishloq xo‘jaligi yerlari ustidan huquq da’vo qilish imkonini berishga qaratilgan.
Bosib olingan Falastin hududlari ustida qurilgan yahudiy ko‘chmanchilar xalqaro miqyosda noqonuniy deb hisoblanadi. Shunga qaramay ketma - ket kelgan Isroil hukumatlari bu maydonlarni sohada butunlay haqiqatga aylantirish uchun uzluksiz faoliyat yuritdi; eng yaqqol harakatlar esa so‘nggi ikki yil ichida kuzatildi.
Tepadagi yoshlardan hurmatga sazovor vatandoshlargacha
Yillar davomida Isroilning bosib olingan G‘arbiy Sohildagi o‘rni nafaqat noqonuniy turar – joy punktlari, balki Isroil qonunlariga ko‘ra ham noqonuniy bo‘lgan ruxsatsiz turar – joy punktlari (outpost) qurilishi bilan kengaydi.
Ruxsatsiz turar – joy punkti yoki outpost — bu rasmiy davlat ruxsatisiz, rejalashtirish va qurilish qoidalariga zid ravishda qurilgan turar – joy punkti deganidir.
Ko‘pincha ekstremistik guruhlarning yoshlar qanoti a’zolari tomonidan egallangan, ba’zan esa «xavf ostidagi» yoshlarga yordam sifatida davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlangan tashabbuslar orqali yo‘naltirilgan bu ruxsatsiz turar – joy punktlari zo‘ravonlik markaziga aylandi.
Bu manzillar tez-tez Falastin uylarini va qishloq xo‘jaligi yerlarini yoqish, cho‘ponlarga hujum qilish, zaytun daraxtlarini ildizi bilan sug‘urib tashlash, masjid va transport vositalarini vayron qilish kabi hodisalar bilan bog‘liq ekani bildirildi.
Isroil rasmiylari esa ko‘pincha bu faoliyatlarni ko‘rmaslikka oldi; ba’zan zo‘ravonlikni oqlash orqali nomi tilga olingan guruhlarni mukofotladi.
O‘tgan 2025 - yil oxirida hukumat, ilgari, ruxsatsiz qurilgan 19 ta ruxsatsiz turar – joy punktini qonuniylashtirdi.
Yanvar oyida yana besh ruxsatsiz turar – joy punktiga ruxsat berildi. O‘ta o‘ng ko‘z qarashdagi moliya vaziri Bezalel Smotrich, bu qadam kelajakdagi Falastin davlatining yashash imkonini zaiflashtirishini ifoda etdi.
Ko‘chmanchilar manzillarining kengayishi
Bugun taxminan 750 ming isroillik ko‘chmanchi 160 ga yaqin noqonuniy manzilda yashaydi; bu Isroildagi yahudiy aholining qariyb 10 foiziga teng. Bu manzillarning barchasi falastinliklarga tegishli yerlar ustida qurilgan.
Xalqaro huquqqa ko‘ra G‘arbiy Sohil — hududi doimiy ravishda talab qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan bosib olingan hudud hisoblanadi.
Bu 2024 - yilning iyulida Xalqaro sud qarori bilan ham tasdiqlangan; sud Isroilning Falastin hududlarini bosib olishi noqonuniy ekanini aytib, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi barcha manzillarni evakuatsiya qilishni talab qilgan.
Shunga qaramay, xalqaro huquq G‘azodagi vayronagarchilikni to‘xtata olmaganidek; Isroil G‘arbiy Sohil xaritasini qayta chizayotgan bugungi kunda ham ojiz bo‘lib qolmoqda.
O‘n yilliklarga cho‘zilgan muvofiqlashtirilgan kengayish
1967 - yildan keyin Isroilda hokimiyatga kelgan turli siyosiy ko‘z qarashlarga mansub hukumatlar ba’zan AQSh bosimi sabab joylashuv faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan bo‘lsa -da, umuman olganda G‘arbiy Sohildagi yahudiy manzillarini qurish va kengaytirishni qo‘llab - quvvatlashda davom etdi.
1970 - yillarda «Yehuda va Samariya» deb atalgan hududni joylashuv uchun ochishni diniy va milliy majburiyat deb bilgan Gush Emunim harakati butun hudud bo‘ylab ruxsatsiz turar – joy punktlari qurishni boshladi.
Shu davrda Isroil davlati ham o‘zining muvofiqlashtirilgan kengayish strategiyasini yuritdi. 1978 - yilda Jahon Sionistlar tashkilotining Yerlashtirish bo‘limi tayyorlagan Drobles rejasi manzillarni faqatgina Falastin aholi markazlari atrofida emas, ayni vaqtda bu markazlar orasida ham joylashtirib, hududiy uzluksizlikni parchalashni ko‘zlagan.
1993 - yilda Oslo kelishuvlari imzolanganda, Peace Now kuzatuv guruhiga ko‘ra G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda taxminan 250 ming isroillik ko‘chmanchi yashagan. Bugun bu raqam taxminan 737 mingga yetdi — so‘nggi 30 yil ichida deyarli uch barobar oshdi.
Falastin yerlarini egallashga qaratilgan so‘nggi choralar Falastin ma’muriyati ma’muriy va xavfsizlik jihatdan mas’ul bo‘lgan hududlarda ham buzilishlar va mulk musodarasiga yo‘l ochishi kutilmoqda.
G‘arbiy Sohil qanday bo‘lingan?
G‘arbiy Sohilning hozirgi ma’muriy tuzilmasi asosan 1993 - yilgi Oslo kelishuvlariga asoslanadi; ular hududni A, B va C hududlariga ajratgan.
G‘arbiy Sohilning taxminan 18 foizini tashkil etuvchi A hududi yirik Falastin shaharlarini o‘z ichiga oladi va unda ham fuqarolik, ham xavfsizlik nazorati Falastin ma’muriyati qo‘lida.
Taxminan 22 – 23 foizni tashkil etuvchi B hududi Falastin fuqarolik boshqaruvi ostida bo‘lsa - da, xavfsizlik nazorati Isroil qo‘lida.
Taxminan 60 foizni tashkil etuvchi C hududi esa to‘liq Isroil ishg‘oli ostida qolmoqda va BMTga ko‘ra kelajakdagi Falastin shaharlarining kengayishi, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun ajratilgan yerlarning aksariyatini o‘z ichiga oladi.








