DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tibetdagi yer silkinishi 16 kishi umriga zomin bo‘ldi
Tibet muxtor mintaqasida kecha tunda sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 16 kishi halok bo‘ldi.
Tibetdagi yer silkinishi 16 kishi umriga zomin bo‘ldi
_

Xitoyning Tibet muxtor mintaqasida kecha tunda sodir bo‘lgan 7 magnitudali yer silkinishi oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 16 kishi halok bo‘ldi.

Xinhua axborot agentligining xabar berishicha yer silkinishining markazi Tibet muxtor mintaqasining Nagchu viloyati Baqin tumanida joylashgan. Voqea oqibatida 300 dan ortiq uy vayron bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra tabiiy ofat oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 32 kishi jarohatlangan.

Ofat hududiga 300 nafar politsiya xodimi hamda 347 nafar o‘t o‘chirish va qutqaruv xodimi yuborilgan.

Jarohatlanganlardan 11 nafarining ahvoli haligacha og‘irligicha qolmoqda. Yengil tan jarohati olgan 21 kishi esa shifoxonalarda davolangan.

Qidiruv - qutqaruv ishlari davom etayotgan hududda qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotir olinmoqda.

2025 - yilning yanvar oyida Tibetning Shigatse viloyatiga qarashli Tingri tumanida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali yer silkinishi oqibatida 120 kishi halok bo‘lgan edi.