Isroil samolyotlari oldindan ogohlantirmay turib Bayrut janubidagi Dahiya hududini bombardimon qildi.
Nishonga olingan joydan tutun ko‘tarildi.
Isroil armiyasi Matbuot xizmati kotibi Avichay Adraee ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali qayd etishicha, Isroil kuchlari Bayrut janubidagi Dahiya hududida Hizbullohga oid infratuzilma inshootini nishonga olgan.
Binyamin Netanyaxu bilan Mudofaa vaziri Israel Kats tomonidan birgalikda berilgan bayonotda, hujum, bugun ertalab (07.06.2026) Hizbullohning Isroil shimoliga o‘tishiga javob tariqasida amalga oshirilgani iddao qilindi.
Bundan tashqari, Isroilga tegishli insonsiz havo transportlari peshin soatlaridan beri Livan osmonida past balandlikda parvoz qilmoqda.
Tong saharlab Isroil shimolida siren ovozlari yangrar ekan; Isroil armiyasi Livandan otilgan 2 ta raketa chegarani kesib o‘tishi ortidan zararsizlantirilganini iddao qilgandi. Isroil matbuoti esa buning 3 - iyundagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi ortidan sodir bo‘lgan ilk raketa hujumi ekanini qayd etgandi.
Isroil Moliya vaziri Bezalel Smotrich esa hodisalardan so‘ng «X» hisobi orqali yozma ravishda post qoldirdi va unda Dahiya so‘zini ishlatib, Livan poytaxti Bayrutning Dahiya hududiga hujum qilishga chaqirgan edi.


















