TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Turkiya bilan Ozarbayjon munosabatini baholadi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjondan Turkiyaga qaytish chog‘ida samolyot bortida jurnalistlarga bayonot berdi.
Erdo‘g‘an Turkiya bilan Ozarbayjon munosabatini baholadi
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Ozarbayjonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam birodarlikning yana bir ifodasi ekanini ta’kidladi.

Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjondan Turkiyaga qaytish chog‘ida samolyot bortida jurnalistlarga bayonot berdi.

Erdo‘g‘an unda: «Turkiya bilan Ozarbayjon uzilmas rishtalar bilan bog‘langan ikki qardosh mamlakatdir. Turli fitnalarga qaramay energetika, transport va infratuzilma kabi ko‘plab strategik sohalardagi hamkorligimizni yirik loyihalar bilan yanada mustahkamladik. Yangi qadamlar orqali, nasib etsa, birdamligimizni yanada kuchaytiramiz», – dedi.

Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga urinayotganlarning harakatlari besamar ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an quyidagilarni qayd etdi:

«Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida to‘liq birdamlik, umumiy taqdir va birodarlik rishtalari mavjud. Mintaqamizda va dunyoda boshqa qardoshlarimiz bilan birgalikda turkiy xalqlarning ovozini yanada baland ko‘taramiz hamda farovon kelajagimizni birgalikda barpo etamiz.

Oramizga masofa solishga urinayotganlar xalqlarimiz o‘rtasidagi mehr - muhabbatni, tarixiy rishtalarni va mustahkam irodani hisobga olmayapti. Turkiya bilan Ozarbayjon bundan keyin ham mintaqada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lida yelkama - yelka harakat qilishda davom etadi».