TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdoʻgʻan 8-noyabr kuni Ozarbayjonga tashrif buyuradi
Erdoʻgʻan: Favqulodda holat boʻlmasa, 8-noyabr kuni Ozarbayjonga tashrif buyuraman.
Erdoʻgʻan 8-noyabr kuni Ozarbayjonga tashrif buyuradi
President Erdogan

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan: "8-noyabr kuni Ozarbayjonda Zafar kuni nishonlanadi. Agar biror favqulodda holat yuzaga kelmasa, men ham 8-noyabr kuni Ozarbayjonga tashrif buyurishni rejalashtirayapman. Inshaalloh, ushbu tashrif munosabati bilan zarur qadamlarni tashlash imkoniyatiga ega boʻlamiz", — dedi.

Erdoʻgʻan Janubiy Koreya tashrifidan soʻng uyga qaytayotganda samolyotda bergan bayonotida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Ozarbayjon bilan munosabatlar

Prezident Erdoʻgʻon "Ozarbayjon bilan munosabatlarni qanday baholaysiz? Munosabatlarda inqiroz borligi haqidagi sharhlarga munosabatingiz qanday?" degan savolga shunday javob berdi:

"8-noyabr kuni Ozarbayjonda Zafar kuni nishonlanadi. Men ham favqulodda bir holat boʻlmasa, 8-noyabr kuni Ozarbayjonga tashrif buyurishni rejalashtirayapman. Inshaalloh, ushbu tashrif munosabati bilan kerakli qadamlarni tashlash imkoniyatiga ega boʻlamiz. Ozarbayjon Prezidenti muhtaram Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildim.

Albatta, bu orada ham Razvedka boshqarmasi rahbarini, ham Tashqi ishlar vazirimni Ozarbayjonga yubordim. Bundan tashqari, ham Ilhom bey bilan, ham rafiqalar oʻrtasida telefon diplomatiyasi olib borildi va olib borilmoqda. Ular 8-noyabrdagi Zafar kuniga juda katta ahamiyat berishadi.

Har doim aytib kelganimdek, bizning Ozarbayjon bilan munosabatlarimiz anʼanaviy diplomatik aloqalardan ancha ustundir. Ikki mamlakat oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik mushtarak tariximiz, madaniyatimiz, taqdirimiz va inshaalloh, kelajagimiz mahsulidir. Turkiya va Ozarbayjon qardoshligini yengib oʻtadigan hech qanday toʻsiq yoʻqdir".