AQSh Geologik tadqiqotlar markazi (USGS) ma'lumotlariga ko‘ra Sarangani viloyatining Soccsksargen hududidagi Kablalan tumani markazidan 26 kilometr janubi - g‘arbda 7,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
USGS yer silkinishining 55,2 kilometr chuqurlikda yuz berganini ma'lum qildi.
Yer silkinishi ortidan 4,6 dan 6,5 gacha magnitudali 10 ta aftershok qayd etildi va mintaqa hamda qo'shni davlatlar tsunami xavfi ustidan ogohlantirildi.
Filippin Prezidenti tomonidan tsunami ogohlantirishi voqea ortidan Filippin Vulkanologiya va seysmologiya instituti direktori Teresito Bacolcol Associated Press (AP) ga bergan intervyusida, mamlakatning Sultan Kudarat va Sarangani viloyatlaridagi quruqlikdagi tsunami kuzatuv stansiyalari 1 metrli to'lqinlarni qayd etganini bildirdi.
Filippin Prezidenti Ferdinand Markos Jr. tsunami xavfiga qarshi zaif hududlardagi fuqarolarga darhol balandroq joylarga chiqishni chaqirdi.
Hukumat chora ko'rayotganiga e’tibor qaratgan Markos Jr, ofatga javob berish idoralari tayyor turganini ifoda etdi.
Malayziya Meteorologiya xizmati Borneo orolidagi Sabah shtati ham tsunami ustidan ogohlantirdi. Rasmiylar yer silkinishidan taxminan 5 soat o'tib tsunami xavfining katta qismi o'tganini ma'lum qilishdi.
Harbiy bo’lmagan Mudofaa ofisi dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 4 kishi halok bo'lgani va 200 dan ortiq inson jarohat olganini e'lon qildi.
Yer silkinishi oqibatida ko'plab binolar ziyon ko'rgani xabar qilindi; mahalliy matbuotga ko'ra titrashlar sababli mamlakatda ba'zi reyslar bekor qilindi.
Voqea yuz bergan Mindanao mintaqasidagi Davao shahrida barcha darslar bekor qilindi.
Yaponiya bilan Indoneziya ham tsunami ustidan ogohlantirildi. Kyodo agentligining xabariga ko'ra Yaponiya Meteorologiya agentligi Filippindagi yer silkinishi ortidan Tinch okeani qirg'oqlarini tsunami ustidan ogohlantirdi.
Ogohlantirish Ibaraki prefekturasidan Okinava prefekturasigacha bo'lgan hududlarni o’z ichiga olishi bildirildi.
Antara agentligining xabariga ko'ra indoneziyalik rasmiylar yer silkinishining mamlakat qirg'oq hududlarida tsunami yuzaga keltirish ehtimoli borligini aytib, erta tsunami ustidan ogohlantirdi.
“Tinch okeani o‘t o‘chog‘i” deb ataluvchi seysmik va vulqon zonasida joylashgan Filippinlarda yirik yer silkinishlari tez - tez uchrab turadi.

















