IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Pokiston Torkham chegara darvozasini takror ochdi
Torkham chegara darvozasi, bu oy boshlarida Pokiston va Afg‘oniston qo‘shinlari o‘rtasida paydo bo‘lgan to‘qnashuvlar ortidan yopilgandi.
Pokiston Torkham chegara darvozasini takror ochdi
-
2 ноябр 2025

Pokiston afg‘onistonlik muhojirlarning qaytishi uhun Torkham chegara darvozasini takror ochdi. Rasmiylar shanba kuni (01.11.2025), ikki haftadan ortiq vaqtdan beri yopiq turgan chegaraning ochilishi bilan chorasiz qolgan minglab insonning muammosi hal bo‘lganini tasdiqladi.

Dawn gazetasi xabariga ko‘ra Pokiston rasmiylari 11 - oktabr kuni chegara kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar yuzasidan bekitilgan chegara darvozasi, muhojirlarning qaytishlari va savdo uchun takror ochilganini bildirgan. Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi Axborot va madaniyat bo‘limi rahbari Qurayshiy Badloon ham chegara qayta ochilganini tasdiqladi va afg‘onistonliklar qayta boshlaganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Chegara, bu oy boshlarida Pokiston va Afg‘oniston qo‘shinlari o‘rtasida paydo bo‘lgan to‘qnashuvlar ortidan yopilgandi. Bu holat, Novshera va Torkham o‘rtasidagi yo‘lda yuzlab transport vositalari va minglab qochqinlarni oziq - ovqat va suvdan mahrum qilib, chorasiz qoldirdi.

Istanbuldagi muzokaralardan keyin taranglik kamaydi

Turkiya va Qatar o‘rtamchiligida joriy yilning 15 - oktabri kuni vaqtinchalik yo‘lga qo‘yilgan otashkesim ortidan ikki davlat o‘rtasidagi taranglik kamaydi. Dastlab 48 soatga mo‘ljallangan otashkesim, Doha shahrida o‘tkazilgan muzokaralar ortidan uzaytirildi va tomonlar o‘rtasida oxirgi marta qayd etilgan chegaradagi muammolarni hal qilishga qaratilgan qadamlar tashlandi.

Roppa - rosa 14 soatlik muzokaralar ortidan har ikki tomon ham otashkesim yoki sulh tafsilotlarini ishlab chiqish uchun texnik qo‘mita tuzishga kelishib oldi va birinchi uchrashuv 25 - oktabrda Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Pokiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi 2,670 kilometr uzunlikdagi chegara 18 ta rasmiy o‘tish joyiga ega bo‘lib, ulardan Nangarhordagi Torkham va Qandahordagi Spin Bo‘ldak, savdo va harakat jihatidan eng gavjum o‘tish yo‘llari hisoblanadi. Chegara qo‘riqchilari o‘rtasida tez - tez kuzatilgan to‘qnashuvlar, harakat va savdoni buzib, quruqlik bilan o‘ralgan Afg‘oniston iqtisodiyotiga katta ziyon yetkazmoqda.

 

 

Boxabar bo'ling!
O‘mer Bo‘lat: Turkiya – Suriya tranzit yo‘lagi kelasi yili ochiladi
Yevropa Ittifoqi 2028-yilgacha Rossiyadan gaz importini to‘xtatish rejasi bo'yicha kelishib oldi
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatishini bildirdi
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Xitoy Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga AAA reytingini berdi
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
Turkiya Zangazur yo‘lagiga ulab strategik temir yo‘li qurish ishlariga kirishdi
Turkiyada elektr transport vositalari  soni bir yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshdi
Mask: xAI Apple kompaniyasini ilovalarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgani uchun sudga beradi
Germaniya Isroilga nisbatan yo‘lga qo‘ygan harbiy eksportini to‘xtatdi
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
Turkiya Ozarbayjondan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlarini boshlaydi
Hindiston AQShga smartfon eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi
Yevropa Ittifoqi va AQSh o'rtasidagi savdo kelishuvi vaqtinchalik barqarorlik keltiradi
Turkiya IDEF -2025 ko‘rgazmasida GAZAP va NEB - 2 bombasini namoyish etdi
Suriya bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida investitsiya forumi oʻz ishini boshladi
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi