Guvohlarning aytishicha, chorshanba kuni (10.12.2025), kuchli yog‘ingarchilik tufayli G‘azoda o‘z uy - joyidan mahrum qilingan tinch aholi jon saqlagan minglab chodir suv ostida qoldi.
«Anado‘lu» axborot agentligi muxbirining xabariga ko‘ra, ayrim chodirlarda suv darajasi 40 santimetrdan oshgan.
Harbiy bo‘lmagan Mudofaa Matbuot xizmati kotibi Mahmud Basal, video murojaatlaridan birida, hozirgi noqulay ob - havo sharoitlari insoniy falokatga yo‘l ochishi mumkinligi masalasi ustidan ogohlantirdi.
G‘azoda yomg‘irlar juma kunigacha davom etishi kutilmoqda.
Basal, G‘azoga olib kirilayotgan yordamlar, og‘ir gumanitar inqirozga duch kelgan 2,4 million aholining ehtiyojlarini qondirishdan hanuz juda uzoqligini ifoda etdi. Shu bois, xalqaro hamjamiyatni shoshilinch ravishda chora ko‘rishga chaqirdi.
Seshanba kuni (09.12.2025) G‘azo hukumati Axborot idorasi, chorshanba kuni boshlanib juma oqshomigacha davom etadigan qutb sovuqlari bilan kirib kelgan havo tizimi mintaqaga ta’sir ko‘rsatishi va o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan yuz minglab oilani xavf ostida qoldirishi mumkinligi ustidan ogohlantirdi.
Axborot idorasining avvalgi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil ikki yildan ortiq vaqt davomida G‘azo infratuzilmani vayron qildi. Shu bois, falastinliklarning eng asosiy boshpana ehtiyojlarini qondirish niyatida G‘azaga qariyb 300 mingta chodir va prefabrik uy kerak.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob - kitobiga ko‘ra, genotsidchi Isroil urushining oqibati sifatida G‘azoni qayta qurish qiymati taxminan 70 milliard dollarni tashkil qiladi. Mazkur urushda falastinlik 70 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 171 ming nafardan ortiq inson tan jarohati olgan. Joriy yilning 10 - oktabri kuni esa o‘t ochishni to‘xtatish masalasi ustidan kelishuvga erishilgan edi.















