G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil kuchlarining qoidabuzarliklari yana to‘rt kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil kuchlari, o‘tgan 2025 – yilning 10 – oktabrida kuchga kirgan otashkesim kelishuvi qoidalarini buzishni davom etmoqda.
Isroil kuchlarining qoidabuzarliklari yana to‘rt kishi umriga zomin bo‘ldi
_
9 соат олдин

Isroil kuchlari G‘azo janubidagi Rafoh sharqida, o‘tgan 2025 – yilning 10 – oktabrida kuchga kirgan otashkesim kelishuvi qoidalarini buzishni davom etmoqda. Shu doirada bir vaqtning o‘zida falastinlik yana to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Isroil armiyasi dushanba kuni (09.02.2026) mavzu haqida bergan bayonotida: «Dushanba tongida Rafoh sharqida yer osti tunnelidan chiqqan va qurollangan to‘rt kishi aniqlandi» - dedi.

Bayonotda falastinliklar Yettinchi brigadaga qarashli askarlarga o‘q uzgani, askarlar javob qaytargani va oqibatida to‘rt kishi o‘ldirilgani iddao qilindi.

So‘nggi haftalarda Isroil armiyasi Rafohda tunnellardan chiqqani aytilgan falastinlik o‘nlab inson o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Sulh 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan Isroil hujumlarini to‘xtatgan edi ammo ungacha uyushtirilgan hujumlar falastinlik taxminan 72 ming nafar insonning halok bo‘lishiga, 171 ming nafardan ortiq insonning esa tan jarohati olishi va G‘azo infratuzilmasining qariyb 90 foizining vayron bo‘lishiga yo‘l ochdi.

Eng yomoni G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra otashkesim kelishuvi yoki sulhga qaramay Isroil armiyasi qoidabuzarlikni davom ettirmoqda. Shu doirada 2025 – yilning 10 – oktabridan beri falastinlik yana 574 kishi halok bo‘ldi, 1 ming 518 kishi esa tan jarohati oldi.