DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tramp saylovdagi firibgarlik haqida xabar berganlarga 1 million dollar to‘lanishini e’lon qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp 3-noyabr kuni o‘tkaziladigan oraliq saylovlarda firibgarlik sodir etilgani haqida xabar berganlarga, agar firibgarlikni sodir etganlar hibsga olinib, sudda aybdor deb topilsa, 1 million dollar to‘lanishini ma’lum qildi.
Tramp saylovdagi firibgarlik haqida xabar berganlarga 1 million dollar to‘lanishini e’lon qildi
(ARXIV) Tramp saylovlarni soxtalashtirganlar haqida xabar berganlarga 1 million dollar to‘lanishini e’lon qildi

Prezident Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 3-noyabr kuni o‘tkaziladigan oraliq saylovlar haqida xabar e’lon qildi.

Tramp shunday yozdi: “O‘tgan saylovlarda yoki yaqinlashayotgan 2026-yilgi oraliq saylovlarda saylov firibgarligi haqida xabar bergan har bir kishiga, agar mazkur firibgarlikni sodir etgan shaxslar hibsga olinib, sudda aybdor deb topilsa, 1 million dollar to‘lanadi”.

Tramp AQShning sobiq Prezidenti Jo Baydenga yutqazgan avvalgi prezidentlik saylovida ovozlar o‘g‘irlanganini da’vo qilgan, bu boradagi bahslar uzoq vaqt davomida AQSh kun tartibida qolgan edi.